Sunna

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Sunna (arab. — odat, anʼana, xattiharakat tarzi) — islomda musulmonlar uchun ibrat hisoblangan Muhammad (sav)ning soʻzi, qilgan ishi, xattiharakatlari. S.ga tegishli har bir maʼlumot .^vdislarda berilgan va toʻplam qilingan. S. islomda Qurʼondan keyingi, uni toʻldiruvchi manba, islom ilohiyoti va shariatning ikkinchi asosi sifatida eʼtirof etilgan. S. 7-asr oʻrtalaridan yigʻila boshlangan. Bir yarimikki asr davomida hadislar juda koʻpayib ketgan. Hadisshunoslik eng taraqqiy qilgan 9-asr ga kelib ular tartibga solingan, din, axloq va fiqdning manbaiga aylangan. Imom Buxoriy va Muslim ibn Hajjojning hadis toʻplamlari eng obroʻli hisoblanadi. S.da arab xalifaligining dastlabki ikki asrida islom dinining taraqqiyoti va turli ijtimoiy qatlamlarning ahvolini koʻrsatadigan tarixiy maʼlumotlar oʻz ifodasini topgan.

S.ning ziddi bidʼat (S.da uchramagan yangilik) boʻlib, u ikki xildir. Birinchisi — "bidʼati hasana", yaʼni S.da uchramagan boʻlsada, islom dini taʼlimotiga zid boʻlmagan odatlar. Mac, Muhammad (sav)ning tavallud kunini bayramona kutib olish; unga atalgan mavlud kitoblarini yozish; ramazon oyida jamoat bilan tunda tarovih namozi oʻqish; rasmiy hujjatlarga muhr bosish; arab tilini oʻrgatadigan qoida kitoblarini taʼlif etish va h.k. Ikkinchisi — "bidʼati sayyia", yaʼni S.da uchramagan va islom taʼlimotiga zid odatlar. Mas, xatna munosabati bilan toʻy qilish; dunyodan oʻtganlarga bagʻishlab 7, 20, 40, yil, hayit kabi nomlar bilan xudoy i marosimlarini oʻtkazish; nikoh toʻyida qalin toʻlash va h.k. Muhammad (sav) ning hadislarida "Kimki biror yaxshi sunnatni joriy etsa, unga amal qiluvchilarning savoblaridan oʻz ulushini olib turadi, kimki yomon sunnatni joriy etsa, unga amal qiluvchilarning gunogʻlaridan oʻz ulushini olib turadi", deyiladi. Oʻzbek tilida S bilan sunnat soʻzlarining oʻrtasida farq bor. Hadisning barcha turlari ham S.dir. Sunnat — hadislarda targʻib etilgan, ibodatda ham, muomalada ham qoʻllaniladigan amal. Mas, tahoratda yuz, qoʻloyoklarni 3 martadan yuvish sunnatdir. Oʻgʻil bolani xatna qilish, uylanib oila qurish, farzandlarga yaxshi ism qoʻyish sunnat amallardan sanaladi.