Oyatulloh
Jump to navigation
Jump to search
Oyatulloh (arab. — Alloh moʻʼjiza-si) — shialikda mustaqil fatvo berish huquqiga ega boʻlgan diniy olim (mujtahid)larining unvoni. O. istilohi shu maʼnoda 19-asrning 2-yarmida ishlatila boshlagan. 20-asrning 40-yillaridan esa keng qoʻllanilmoqda. O.lar dindorlar orasida katta obroʻga, shialik tapqalgan davlatlarda (Eron, Iroq) siyosiy taʼsirga ham ega. O. unvoni yuzlab ulamolarda bor. Ulardan bir nechasi "Oyatullohi uzmo" ("Buyuk O."), eng yuksak obroʻga ega boʻlgan bittasi "Marjai taqlid" ("Taqlid qilinadigan inson") deb ataladi va u barcha shialarning oliy rahnamosi deb taniladi (yana q. Humayniy Ruhullo Musoviy).[1]
Manbalar[tahrir]
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |