Abu Bakr Siddiq
Din asoslari |
Allohning birligi • Tavhid Farishtalar • Kitoblar Paygʻambarlar • Qiyomat Qazo va Taqdir |
Asosiy ibodatlar |
Kalimai shahodat Namoz • Roʻza Haj • Zakot |
Muhim Shaxslar |
Muhammad•
Abu Bakr • Umar • Usmon • Ali • Sahobalar • Ahli bayt • Ashari mubashshara |
Muqaddas matnlar |
Qurʼon • Hadis • Shariat Islom huquqi Muhammadning hayoti Makonlar • Islom falsafasi |
Islomdagi mazhablar |
Siyosiy mazhablar Eʼtiqodiy mazhablar Fiqh mazhablari • Soʻfizm |
Jamoat |
Islom taqvimi Jihod • Bayramlar Muborak kechalar |
Islom portali |
Abu Bakr Siddiq (toʻliq nomi: Abu Bakr Siddiq Abdulloh ibn Abu Qahhofa ibn Omir; tax. 573-yil — 634-yil 23-avgust) — Muhammad payg'ambar daʼvati bilan islomni birinchilardan boʻlib qabul qilgan, dastlabki toʻrt xalifadan birinchisi (632—634). Muhammad payg'ambarning eng yaqin safdoshi, qaynotasi (mo'minlarning onasi Oishaning otasi). Yirik savdogar. Makkaning quraysh qabilasidan. Islomga kirishdan oldin ismi Abdulkaʼba edi. Abdullo ismini Muhammad payg'ambar qoʻygan. Siddiq deb atalishiga sabab shuki, isro va meʼroj hodisasini eng birinchi boʻlib tasdiqlagan. Muhammad payg'ambar unga Siddiq, yaʼni iymoni kuchli deb laqab berdi. Makkadan Madinaga hijrat qilishda Muhammad payg'ambarga hamroh, gʻorda birga boʻldi. Badr, Uhud, Handaq, Xudaybiya va boshqa joylardagi janglarda ishtirok etdi. Abu Bakr Siddiq obroʻli va badavlat kishi boʻlgani uchun koʻp odamlarga yordam qildi, chunonchi, Bilol Habashiyni qullikdan sotib olib, ozod etdi. Muhammad payg'ambar vafotidan keyin birinchi xalifa boʻlib saylandi (632). Arab qabilalarining Madina hokimiyatiga qarshi koʻtargan qoʻzgolonlarini bostirdi. Abu Bakr Siddiq xalifaligi davrida arablar Iroq va Suriyani fath qildi. Abu Bakr Siddiq Madinada vafot etdi va Muhammad payg'ambar yoniga dafn qilindi[1].
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() |
![]() |