Salaf

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Salaf sahobalar, tobeinlar va ularga ergashgan avlod tabaa tobinlar kiradi.




Paygʻambarimiz (s.a.v) “Insonlarning eng yaxshisi mening asrdoshlarim. Soʼngra ularga yaqin boʼlgan (tobeʼin)lar. Soʼngra, ularga yaqin boʼlgan (tabaʼa tobeʼin)lardir. Ulardan keyin yolgʼonchilik tarqalib ketadi. Hatto biror kishiki, undan guvohlik soʼralmasada (yolgʼondan) guvohlik beraveradi, undan qasam ichish soʼralmasada (nooʼrin) qasam ichaveradi”. deganlar (Termiziy 2165)


Sahobalar


Ashoblar (arab. ạlḥạbẗ - do'stlar), sahobalar (arab. ṣḥạby - do'st), Muhammad payg'ambarimiz sav ni ko'rgan, iymon keltirgan va shu e'tiqodda vafot etgan insonlar sahobalardir. Sahobalar qatoriga 622 yilda Makkadan Madinaga koʻchib kelgan muhojirlar (arab. ạnmhạjrwn‎ — koʻchmanchilar‎) va ansorlar (arab. ạnṣạry‎ — yordamchilar) — Madina aholisi kiradi.


Tabinlar


Tobiin (arab. tạbʿwn‎ — izdosh) — «Tobe'in» so‘zi lug‘atda «itoat, bo‘ysunish» ma'nolarida keladi. Istilohda Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam sahobalarini ko‘rgan musulmonlar «tobe'in» yoki «tobe'iy», deyiladi. Tobe'inlarni ko‘rganlar esa «taba' tobe'inlar», deyiladi. Ular uch tabaqaga: kubro, vusto, sug‘roga bo‘linadi. Kibor tobe'inlardan yetti kishi «Yetti faqih olim», deb nom olishgan, ularning hammasi Madina ahlidirlar. Bular - Said ibn Musayyab (eng afzal tobe'in), Qosim ibn Muhammad, Urva ibn Zubayr, Xoraja ibn Zayd, Abu Salama ibn Abdurahmon, Ubaydulloh ibn Ataba, Sulaymon ibn Yasar.

Kufa ahli Uvays Qoroniyni, Basra ahli Hasan Basriyni eng ulug‘ tobe'in, deb atashgan. Alqama ibn Qays, Muhammad ibn Sirin, Mujohid, Ikrima, Qatoda, Ash-Sha'biy, Az-Zuxriy, Umar ibn Abdulaziz, Ato, Ibrohim an-Naxa'iylar, Abu Hanifa mashhur tobe'inlardan sanaladi. Hafsa binti Sirin, Amra binti Abdurahmon, Ummu Dardo esa eng ulug‘ tobe'in ayollardir.


Tabaa tobin


Tabaa tobin (arab. tbʿ ạltạbʿyn‎ — tabiinlar izdoshi) — tobeiinlarni koʻrgan va ular bilan muloqot qilgan musulmonlar. Taba -tobiylar orasida Ja’far as-Sodiq (vaf. 148 h), Sufyon as-Savriy (vaf. 161 h), Molik ibn Anas (vaf. 179 h), Abu Yusuf (vaf. 182 h), Muhammad ibn Hasan Al Shayboniy (vaf. 189 h), Muhammad ash-Shofeiy (vaf. 204 h), Ahmad ibn Hanbal (vaf. 241 h), Imom al-Buxoriy (vaf. 256 h), Imom Muslim (vaf. 261 h), Abu Dovud (vaf. 275 h) va boshqalar kabi mashhur islom ilohiyot olimlari bor.

  • Belgili ro'yxat qismi

Salaflar roʻyxati:

  • Imom Abu Haneefah
  • Imom Al Awzai)
  • Imom Al Lais ibn Saad
  • Imom Malik
  • Imom Abdullah ibn Mubarak
  • Imom Sufyan ibn Uyainah
  • Imom Ash-Shafi'
  • Imom Ishaq
  • Imom Ahmad ibn Hanbal
  • Imom Al-Buxoriy
  • Imom Muslim
  • Imom Abu Dawud

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shuningdek ko'r[tahrir | manbasini tahrirlash]