Oʻn ikki imom

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Oʻn ikki imom — shialikdagi asosiy oqim — imomiylar (baʼzan "oʻn ikkichilar" — "isnoashʼariya" deb ataladi) oʻrtasida eʼtiqod qilinadigan imomlar sulolasi. Xalifa Ali bilan Fotimadan tarqalgan avlodlardan iborat. Ular paygʻambar avlodi deb eʼtirof etiladi. Imomiylar ularni islomning qonuniy rahnamolari deb tanib, xalifalar hokimiyatini gʻayriqonuniy deb hisoblaydi. Bular — Ali ibn Abu Tolib, Hasan, Husayn, ZaynalObidin Ali (713 yilv.e.), Muhammad alBokir (732 yilv.e.), Jaʼfar asSodiq (700—765), Muso alKozim (799 yilv.e.), Ali arRizo (818 yilv.e.), Muhammad atTaqiy (835 yilv.e.), Ali anNaqiy (868 yilv.e.), Hasan alAskariy (846—873), Muhammad alMahdiy (rivoyatlarga koʻra, 874—878 yillar orasida yoʻqolgan). Imomlarning baʼzilarigina oʻldirilgan yoki zaharlangan, lekin shunga qaramay imomiylar ularning barchasini xalifalar tomonidan oʻldirilgan deb hisoblaydi, ularni jabrdiyda va din yoʻlida shahid boʻlganlar deb motam tutadi. 12 imom — Muhammad alMahdiyni "yashiringan" deb hisoblab, u zamona oxir boʻlganda yerga qaytib kelib adolat oʻrnatadi deb tasavvur qilish shialar orasida saqlangan (q. Mahdiy, Mahdiylik). Imomlar va imomzodalar dafn etilgan maqbaralar hozir ham shialar uchun muqaddas ziyoratgoh hisoblanadi, hatto ular uchun haj oʻrnini bosadi. Bunday muqadsas joylar Najaf, Karbalo, Kozimayn (Iroq), Madina (Saudiya Arabistoni), Mashhad, Qum, Shoh Abdul Azim (Eron) shahrilarida joylashgan.