Oxund
Islom haqidagi tushunchalarning bir qismi |
Usul al-Fiqh |
---|
Fiqh |
Ahkom |
Yuridik lavozimlar va unvonlar |
|
Oxund (oxun) (arab. — vaʼzxon, notiq, din targʻibotchisi) — mulla, muallim, ustoz.
Buxoro xonligining (keyinchalik amirligining) oliy taʼlim sohasida oliy daraja. Bu soʻz Abdullaxon II davrida taʼlim sohasidagi rasmiy atamaga aylangan. Oxund dastlab Abdullaxon, soʻngra Koʻkaldosh madrasasida dars bergan. Shoʻrolar inqilobiga qadar faoliyat yuritishgan[1].
Xiva xonligidagi katta madrasalarda oxundlar soni koʻp boʻlgan, jumladan, Olloqulixon madrasasida 7 ta O., 2 ta muazzin, 2 ta farrosh, 1 ta sartarosh va meshkobchi xizmat qilgan. Mudarris va oxundlar oʻzlari taʼlim berayotgan madrasa vaqfidan maosh olib turishgan, madrasada ularga hujra ham ajratgan.
Qoʻqon madrasalari boʻyicha tadqiqot oʻtkazgan I. A. Alimov, „… oxund unvoni madrasada koʻp yillar ishlab, xizmat koʻrsatgan mudarrisga beriladigan unvon. …“ — deb, taʼrif beradi.
Xitoy musulmonlari orasida keng tarqalgan nom. Madrasalarda mudarrislik (oʻqituvchilik) va masjidlarda imomlik qilgan shaxslar hurmat yuzasidan umumlashtirilgan holda oxund deb nomlangan. Qashqar aholisi orasida ham hurmat yuzasidan bir-birining ismiga oxund soʻzini qoʻshib aytish odat boʻlgan. Shu bois qashqarliklarni oxund deb atash oʻzbeklar orasida ham uchrab turadi[2].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Abdurahmonov A. Ulugʻbek akademiyasi. Toshkent: Qomuslar bosh tahririyati, 1994 — 26-bet. ISBN 5-89890-078-0.
- Alimov I. A. Qoʻqon xonligi madrasa va maktablari tarixi. Toshkent: Fan, 2017 — 302-bet. ISBN 978-9943-19-405-2.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |