Xoʻja

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Xoʻja (fors. — xoʻjayin, sohib) — islom mamlakatlarida turli davrlarda turlicha maʼnoda ishlatilib kelingan faxriy unvon va murojaat shakli. Ijtimoiy tabaqa sifatida sayyidpardan keyingi oʻrinda turgan. X.larning kelib chiqishi haqida har xil fikr bor. Baʼzi maʼlumotlarda X.lar choryorlardan tarqalgan deyilsa, boshqasida arablarning istilochilik yurishlarida boshchilik qilgan sarkardalarning avlodlari deb hisoblanadi. X.lar muayyan imtiyozlarga ega boʻlganlar. Baʼzi mamlakatlarda bu imtiyoz maʼlum darajada saqlanib qolgan.