Xalifa

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Xalifa (Arabcha: خليفة‎ ḫalīfah/khalīfah) xalifalikni boshqaradigan inson va Islom Ummasini shariat ahkomlariga boʻysungan holda boshqaradigan amaldor. Arabchadan lugʻaviy maʼnosi „elchi“, „namoyonda“. Muhammad vafotidan keyin, musulmon ummasini boshqaradigan amaldorlar xalifa deb yuritiladi.

Xalifa (arab. — oʻrinbosar, noib) — musulmon jamoasi va musulmon davlatining diniy hamda dunyoviy boshligʻi. X. Muhammadning oʻrinbosari, umaviylar davridan boshlab esa Allohning yerdagi noibi hisoblangan. Muhammaddan keyingi toʻrt X. (Abu Bakr Siddiq, Umar, Usmon, Ali)ni xulafoi roshidin, yaʼni toʻgʻri yoʻldan boruvchi X.lar deb atashgan. Abbosiylar, fotimiylar sulolasidan boʻlgan hukmdorlar X. nomi bilan atalgan. 13-asrdan keyin ayrim musulmon mamlakatlarining hukmdorlari oʻzini diniy boshliq ham daʼvo qilib, X. nomiga ega boʻlishgan. 16-asrda turk sultonlari oʻzlarini X. deb atay boshlaganlar, bu holat 1924 yilgacha, yaʼni usmonlilar davlati tugaguncha davom etgan.