Makruh
Makruh (arab tilida — rad etilgan, qoralangan, nomaqbul) — shariat hukmlaridan biri (farz, mandub, muboh, harom bilan birga). Qattiyan taqiq qilinmagan, lekin nomaqbul hisoblangan va rad etilgan amallar makruh hisoblangan. Makruh — Payg'ambar qaytargan ish demakdir. Har bir musulmon makruh ishlarni qilishdan saqlanishi lozim. Makruh ishni gunohdan qo'rqib qilmagan kishi savobli, qilavergan kishi gunohli bo'ladi, deb sanaladi. M. ishlarning makruhligini inkor qilgan kishi iymondan chiqmasada, gunohkor bo'ladi. Makruh ishlar uchun qattiq jazo belgilanmagan. Makruh amallarga diniy burchni bajarish paytdagi baʼzi xislatlar, xasislik, berahmlik, dabdabalik va isrofgarchilikka moyillik, oilaviy va ijtimoiy burchga mensimaslik bilan qarash, birovni yo'q yaxshi sifatlar bilan maqtash va boshqa kiradi. Mazhabga ko'ra, makruhga aslida man etilgan baʼzi taom va ichimlik turlari ham kiradi. M. tushunchasi halol bilan haromni ajratib berishi bilan islomiy axloqning shakllanishida muhim o'rin tutadi.[1]
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |