Imom

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Imom (Arab tilida:إمام, Fors tilida:امام) soʻzi arabcha soʻz boʻlib „yetakchi (lider)“ maʼnosini bildiradi. Misol uchun, davlat boshqaruvchisi imom deb atalishi mumkin. Lekin, islom olamida, xususan shia mazhabida imom soʻzi alohida tarihiy ahamiyatga ega. Islomiyatning dastlabki bir necha asrlari davomida ushbu soʻz sunniy va shia mazhablarida xalifalarga nisbatan ishlatilgan.

Imom (arab. — oldinda turuvchi) — namozda oldinda turuvchi, gʻoyaviy rahbar, musulmon jamoasi boshligʻi. Kundalik xayotda mayejidda jamoa namozining rahbarini I. deb ataydilar. I. vazifalarini ayni bir odam bajarishi mumkin, ammo I. mansab qam, kasb ham hisoblanmaydi: u haqiqatda namozni boshqarib turganligi uchungina I. deb eʼtirof qilinadi. Mahalla va qishloq mayejidlarida, odatda, diniy maʼlumoti bor odam I. hisoblanadi. Jome mayejidlarining I.i maxsus diniy maʼlumotga ega va dindorlar oʻrtasida obroʻ qozongan boʻlishi kerak. Namozda kimlar imom boʻlishga haqliroq ekani fiqh kitoblarida bayon qilingan.

Islom dini paydo boʻlgan dastlabki yillarda I. vazifasini Muhammad (sav), u zotning vafotlaridan soʻng esa xalifalar bajargan. Muhammad (sav) va dastlabki xalifalar namozda oldinda turuvchilargina emas, shu b-n bir vaqtda qavm boshliklari ham edilar, bi-nobarin I. — xalifa amalda oliy diniy va siyosiy rahbar hisoblangan. Nazariy jihatdan yagona musulmon jamo-asida I.ni oliy diniy va dunyoviy hokim sifatida tasavvur qilish ana shundan boshlangan. Aynan kimni qonuniy I. deb hisoblash kerak va uning hokimiyatining mohiyati qanday, degan masaladagi baqslar musulmonlarning sunniylar va shialarga boʻlinishiga sabab boʻldi. Sunniylarning oliy hokimiyat nazariyasiga koʻra, xalifa barcha musulmonlarning I.i hisoblanadi.

Xalifa — I.ning asosiy vazifasi — dinni saqlash va dunyoviy ishlarni boshqarish. I. diniy qonunqoidalar qavm hayotiga toʻgʻri joriy qilinayotganligini kuzatib borishi kerak. Sunniylar, shuningdek, xorijiylar I.ni qavmning vakili hisoblaydilar, u nazariy jihatdan butun qavm tomonidan, amalda esa uning vakillari tomonidan saylanadi yoki oʻtmishdoshi tomonidan tayinlanadi.

Shialar nazariyasiga koʻra, I.larning oliy hokimiyati xudo tomonidan belgilab qoʻyilgan, shu sababli u odamlarning xohishiga bogʻliq boʻlishi mumkin emas, yaʼni I. saylanishi mumkin emas (I.ning saylab qoʻyilishiga faqat zaydiylar qarshi emasdilar). Avval boshdan I.ning saylanish qoidasini rad etgan shialar musulmonlar qavmi va davlatining oliy hokimiyati Ali avlodlariga meros hisoblanadi, chunki ularning huquqi ilohiy koʻrsatma b-n belgilab qoʻyilgan, deb eʼlon qildilar. Biroq Ali avlodlari tabiiy ravishda boʻlinib, tarqalib keta borgan sari oliy hokimiyatga daʼvogarlik qilishi mumkin boʻlganlar soni kupaya bordi. Ali avlodlarining turli shajarasi vakillarini I. sifatida tan olgan shialik har xil oqim va jamoalarga boʻlinib ketdi. Zaydiylar, ismoiliylar, imomiylar, "keskin" shialar oliy hokimiyatni berish qoidasi, I.ning huquq va burchlari, I.larning hukmron sulola b-n hamkorlik qilishi mumkinligi, ularning "adolatsiz" hukmdorlarga munosabati va h.k. masalalarni turlicha talqin qildilar. Koʻpchilik uchun hoz. vaqtda Ali avlodlari boʻlgan haqiqiy I. yoʻq. Shialarning diniy rahnamolari — "din odamlari" (rijal ad-din) uning toʻla huqukli vakillaridir.

I. istilohi shialik va sunniylikda, shuningdek, yirik diniy rahna-molar, katta qavmlarning rahbarlari, diniy mazhab va maktablar asoschilari (Abu Hanifa, al-Ashʼariy, Humayniy va h.k)ga hurmat yuzasidan ham qoʻllaniladi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil