Ansor
Ansor (arabcha: الأنصار Al-Ansar) - maʼnosi "koʻmakdosh" yoki "yordamchi" soʻzini anglatuvchi islomiy atama. Ushbu atama islom dini paygʻambari Muhammad(sav)ning Madina shahriga hijrat qilayotganida yordamga kelgan Madina aholisaga nisbatan ishlatilgan. Ular, asosan, ikki qabila Banu Xazraj va Banu Avs qabilasiga mansub kishilar boʻlgan. Koʻpchilikka nisbatan ishlatilganda, ular Ansoriylar deb yuritiladi.
ISLOMIY BIRODARLIK
Ollohning fazlu karami tufayli ansorlar bilan muhojirlar o'rtasida chinakam qarindoshlik rishtalari ulandi, harbiy jihatdan ojiz, kam sonli musulmonlar mushrik va ahli kitoblar ustidan g'alaba qozondilar. Ansorlar diniy birodarlarini qarindosh-urug'laridan a'loroq bilib e'zozlashardi. Parvardigor Hashr surasining 9-oyatida ansorlar haqida bunday deydi: "Ular (muhojirlar) dan ilgari Madinada o'troqlashgan imoni butunlar yoniga hijrat qilganlarni do'st tutishadi, ularga berilgan narsalar uchun aslo baxillik qilishmaydi". Qarindoshlikning chinakam namunasi mana shu. Ansorlar dindosh birodarlari uchun ko'rsatgan marhamatlarini juda kam hisoblashardi. Rasululloh tufayli ular qiyomatli do'st, chinakam birodarga aylandilar. Garchand ularning vujudlari boshqa-boshqa bo'lsa-da, qalblari birlashib ketgan edi. Mana shu birlik tufayli musulmonlar g'alabaga erishganlaridek, Ins bugungi musulmonlarni ham bir jonu bir tanga aylantirib, g'olibu muzaffar etgay. Ansorlar bilan muhojirlarning qarindoshligi tenglik va adolatga asoslangan edi. Do'st tutingan ikki kishining biri o'lsa, tug'ishgani emas, tutingan dindoshi merosxo'r hisoblanardi. Rasululloh: "Oxirat uchun ikkitadan juft bo'lib do'st tutininglar", derdilar. Bu odat Ahzob surasining: "Kitobullohda qarindosh-urug'lar (merosxo'rlikda) bir-birlariga juda yaqindir", degan 6-oyat nozil bo'lgach, bekor etildi.
islom.ziyouz.com saytidan havola ilova qilindi.
Ansoriylar roʻyxati[tahrir | manbasini tahrirlash]
- Xazrojiylar
- Abbod ibn Bishr[1]
- Abdulloh ibn Zayd
- Abdulloh ibn Ubay
- Amr ibn Jamuh[2]
- Anas ibn Molik
- Asad ibn Zurara[3]
- Abdulloh ibn Ravoha
- Abu Ayyub al Ansoriy
- Abu Dujana
- Abu Darda
- Abu Said al Xudriy
- Al Bara ibn Molik al Ansoriy[4]
- Jobir ibn Abdulloh
- Zayd ibn Arkom[5]
- Zayd ibn Sobit
- Saʻd ibn Robiy[6]
- Saʻd ibn Ubayda
- Ubay ibn Kaʻb
- Habib ibn Zayd al Ansoriy[7]
- Hasan ibn Sobit
- Avsiylar
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ Аббад ибн Бишр (Wayback Machine saytida 2013-11-13 sanasida arxivlangan) // Sawab.Ru
- ↑ Амр ибн аль-Джамух // Halifat.Info
- ↑ Асъад ибн Зурара // Halifat.Info
- ↑ Аль-Бара ибн Малик // IslamDag.Ru
- ↑ Зейд ибн Аркам // Svet-Islama.Com
- ↑ Саад ибн ар-Раби (Wayback Machine saytida 2017-12-04 sanasida arxivlangan) // AzerIslam.Com
- ↑ Хабиб ибн Зейд (Wayback Machine saytida 2014-03-20 sanasida arxivlangan) // Sawab.Ru
- ↑ http://referenceworks.brillonline.com/entries/encyclopaedia-islamica/al-bara-b-azib-COM_00000070
- ↑ Усайд ибн Хадир // Halifat.Info
![]() |