Alloh

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Arabcha xattotlikda "Alloh" kalimasi

Islom
Shahadah-1.svg
Islom tarixi

Din asoslari
Allohning birligiTavhid
FarishtalarKitoblar
PaygʻambarlarQiyomat
Qazo va Taqdir
Asosiy ibodatlar
Kalimai shahodat
NamozRoʻza
HajZakot
Muhim Shaxslar
Muhammad

Abu BakrUmarUsmonAliSahobalarAhli baytAshari mubashshara

Muqaddas matnlar
QurʼonHadisShariat
Islom huquqi Muhammadning hayoti
MakonlarIslom falsafasi
Islomdagi mazhablar
Siyosiy mazhablar
Eʼtiqodiy mazhablar
Fiqh mazhablariSoʻfizm
Jamoat
Islom taqvimi
JihodBayramlar
Muborak kechalar
Islom portali

Alloh (arab. الله ; Allah – ilohiy kuch, turkiy xalqlarda, xususan, turkiy elatlarda — Tangri, fors-toj. Xudo, Yazid) — islom dinida butun mavjudotni yaratgan oliy ilohiy kuch; xudoning ismi. Odatda Allohga Taolo (ulugʻ, oliy), Taboraka va taolo, Jalla jalalahu, azza va jalla, karim, buzrug, Parvardigori olam kabi sifatlar qoʻshib aytiladi. Islom diniga binoan Alloh — yakkayu-yagona xudo, olamning yaratuvchisi va qiyomat kunining egasi. U Muhammad paygʻambar (s.a.v — salallahu alayhi vasallam)ni insoniyatga oʻzining eng soʻnggi elchisi sifatida yuborgan.

Islomning eng asosiy talabi hisoblangan kalimai shahodat "La iloha illalohu Muhammadur rasululloh" ("Allohdan boshqa iloh yoʻq, Muhammad — Allohning paygʻambari"), deb uqtiradi. Islomga koʻra, Qur’on Muhammad (sallallohu alayhi va sallam)ga farishta Jabroil (a.s. — alayhisalom) orqali yuborilgan Allohning soʻzidir. Qur’oni karimda Allohning yagonaligi va buyukligi juda koʻp bor ta’kidlanadi. 112-sura — Ixlosda:

deyilgan. Shuningdek, Qur’onda doimo Allohning mukammalligi, qodirligi va ulugʻligi haqida gapiriladi:

  • Alloh "aliym", ya’ni biluvchidir, u boʻlib oʻtgan ishlarni, endi boʻladigan ishlarni, xoh katta, xoh kichik, barchasini biladi;
  • Alloh "murid", ya’ni xohlaguvchidir — dunyodagi ishlarning har biri Alloh taoloning irodasi va xohishi ila boʻladi, u xohlagan ish boʻlmay qolmas va xohlamagan ish aslo boʻlmas;
  • Alloh "qadir", ya’ni har ishga qudrati yetuvchidir;
  • Alloh "basir", ya’ni koʻruvchi yer va osmondagi, qorongʻu va yorugʻdagi, katta va kichik narsalarning barchasini koʻradi;
  • Alloh "sami’", ya’ni eshituvchi — baland boʻlsin, sekin boʻlsin har qanday ovozlarni eshitadi;
  • Alloh "mutakallim", ya’ni soʻzlaguvchi - Qur’oni karimdagi barcha oyatlar, shuningdek, Tavrot, Injil, Zabur kitoblari Alloh taoloning soʻzidir;
  • Alloh "mukavvin", ya’ni boʻldirguvchi — dunyodagi barcha narsalar uning boʻldirmogʻi ila boʻlgan;
  • Alloh "rabbun", ya’ni tarbiya qiluvchi — barcha jonli va jonsiz narsalarni tarbiya qiladi;
  • Alloh taolo "odil", ya’ni toʻgʻrilik qiluvchi — har bir hukmni va har bir ishni toʻgʻrilik ila qiladi, hech kimga jabr va zulm qilmaydi.

Islom ulamolari:

deya ta'kidlaydilar.

Musulmon ahli e'tiqodida: Alloh oʻzi xohlagan paytda yerdagi barcha narsani barbod etadi, oʻliklarni tiriltiradi va ularni oʻz huzuriga hukm qilish uchun yigʻadi: u yerda har kishining qilgan amaliga koʻra yo jahannam (doʻzax) azobiga duchor qiladi yoki jannat bilan mukofotlaydi. Alloh haqidagi ta’limot islom dini va ilohiyot fanining asosi boʻlib qolgan. Alloh tabiatining turli qirralari hadis, tafsir va ilohiyotga oid maxsus asarlarda tilga olinib, tushuntiriladi. Shunga koʻra, U inson sifatlaridan tubdan farq qiladi. Islom ta’limotiga koʻra, Alloh taoloning zoti va sifatlari toʻgʻrisida chuqur bahs yuritish shar’an man etiladi. Alloh biror narsaga oʻxshatilmaydi va biror narsa ham Allohga oʻxshatilmaydi. Allohning ism va sifatlari Qur’oni karimda tilga olingan 99 ismlarida yaqqol koʻrinadi (qarang: Allohning ismlari).

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]