Ijtihod

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Grand Ayatollahs Qom فتوکلاژ، آیت الله های ایران-قم 02.jpg

Ijtihod (arab. — gʻayrat qilish, institutilish) — sharʼiy hukmni hosil qilish uchun faqihning barcha bilim va tokatini ishga solishi. I. sharʼiy hukmi kelmagan ishning maxsus qoidalarni ishga solib sharʼiy hukmini aniqlash uchun qilinadi. Muhammad (sav) tirikligida u kishidan boshqa odam I. kilmagan. Bu mumkin ham emas edi. I. 7-asr oxirida vujudga kelgan. Bu vaqtga kelib sahobalarning Muhammad (sav) faoliyatlari, aytgan soʻzlari ha-qidagi xabarlarida ixtilof paydo boʻlgan. Bundan tashkari, musulmon jamoasidagi hayot tarzining oʻzgarib bo-rayotganligi tufayli koʻplab huquqiy harakterdagi muammolar tugʻilgan. Shuning uchun I.ning asosiy maqsadi yangi yoxud oʻtmishdoshlar tomonidan hal etilmagan masalalarni topish va islomga tayanilgan va uni quvvatlagan holda hal etish boʻlgan. Islomda eng yuqori tabaqaga mansub faqihlargina shunday huquqqa (I. huquqiga) ega boʻlgan va ular mujtahidlar deb atalgan. I., asosan, fiqhga.yuid masalalarda boʻlgan. Aqida va falsafaga oid masalalarda I. qilish mumkin boʻlmagan. Oʻrta asrlarda, aniqrogʻi, 12-asrda baʼzi hokimlarning faqixlarni majbur qilib notoʻgʻri hukm chiqarishga urinishlaridan, noahil odamlarning I.ga oʻzlarini urishlaridan ehtiyot qilib ulamolar, I. eshigi berkilganini eʼlon qilganlar. Bu masalada xilof qilganlar koʻpchilikning qarshiligiga duchor boʻlganlar. Shu bilan birga goh-gohida I.ni daʼvo qilganlar ham chiqib turgan. Bunday shaxslarga Ibn Taymiya va Ibn Qayim misol boʻla oladi. Ammo I. eshigi berkitilganligi holati hozirgacha davom etib kelmoqda. Yaqin orada biror kishining I. qilganligi tan olingani yoʻq. Ammo I. qilish zarurligi tobora ortib borayotgani haqidagi daʼvatlar eshitilmoqda. Shu maqsadda yangi paydo boʻlayotgan masalalarda I. qilish uchun Islom davlatlari uyushmasi, Islom olami robita-si, baʼzi bir mintaqa va davlatlarda Islom fiqhi akademiyalari tashkil qilingan va qilinmoqda. Ahadjon Hasanov.[1]

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil