Kalimai shahodat

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kalimai shahodat
Kalimai shahodat

Kalimai shahodat (arabcha: guvoh liksoʻzlari), tashahhud — islom dinidagi 5 asosiy rukndan birinchisi — imonning asosi. Unga koʻra, „Allohdan oʻzga iloh yoʻq. Muhammad Uning rasulidir“, degan kalimani til bilan aytib, dil bilan tasdiq etish shart hisoblanadi. Ilk islomdan boshlab musulmonlar kalimai shahodatni aytish orqali boshqalardan, avvalo koʻpxudoli majusiylardan farqlanib turganlar. Kalimai shahodat ibodatning asosiy soʻzlari hisoblanadi, namozda takror-takror oʻqiladi[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil