Kubro

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Kubro, Najmiddin Kubro (taxallusi; asl ism-sharifi Ahmad ibn Umar ibn Muhammad Xivaqiy al-Xorazmiy) (1145Xiva1221) — ulugʻ shayx, tasavvufning taniqli vakillaridan biri, kubroviylik tariqatining asoschisi (uning taxallusi "dinning ulugʻ yulduzi" maʼnosini beradi). K. ning karomat koʻrsatish, voqealarni oldindan bilish, oʻtkir nazari bilan taʼsir eta olish hislatiga ega inson boʻlganligi haqida rivoyatlar tarqalgan. K. yoshligidan ilmga qiziqqan, qobiliyatli boʻlgan. Islom asoslari, shariat, hadis va tafsirni juda tez oʻzlashtirib oladi. 16—17 yoshlarida tahsilni chuqurlashtirish maqsadida Xorazmdan chiqib, Eron, Misr, Shomu Iroq mamlakatlarini kezadi. Tariqatdan xabardor boʻlishga intilib, bir necha shayx, darvishlar suhbatida boʻladi. Ilk dafʼa Misrda shayx Roʻzbixon Vazzon Misriy (1189 yilv.e.)ga murid toʻshadi, undan tariqat odobini oʻrgavadi, shayxning qiziga uylanadi. Keyinchalik Hamadonda shayx Ammor Yosir (1187 yilv.e.), Dizfulda shayx Ismoil Qasriy (1193 yilv.e.) kabi ustozlardan saboqoldi. 25 yildan ortiqumrini ilm tahsiliga bagʻishlagan K. 1185 yil Xorazmga kaytib keladi. Bu yerda katta xonaqoh qurdirib, oʻz diniy maktabini yaratadi. K. kishilarni ezgulikka, ilmga, saxonat va mardlikka daʼvat etdi. Uning tarbiyasini olgan yuzlab odamlar irfoniy maʼrifatdan bahramand boʻldilar. K.ning muridlari Majdiddin Bagdodiy (1209/1219 yilv.e.), Saʼdiddin Humaviy (1252 yilv.e.), Najmiddin Doya (1256 yil v.e.) tasavvuf tarixida nom qozongan shayxlardir.

K. oʻz qarashlarini arab tilida yozgan bir necha risolalarida bayon etgan. Ulardan asosiylari: "Favoih aljamol va favotih al-jalol" ("Jamol xushboʻyliklari va jalolning kashfi", "Al-usul al-ashara" ("Oʻnta usul"), "Risola at-turuq" ("Tariqatlar risolasi"), "Risolat al-xoif al-hoim min lavm alloim" ("Malomatchining malomatidan hazar qiluvchi haqida risola") va boshqa K. ning fors tilida yozgan "Fi odobus solikin" ("Soliklar odobi haqida") risolasi ham bor. K. Qurʼonga mutasavviflar nuqtai nazaridan sharh berishni oxirigacha yetkaza olmadi, bu ishni uning shogirdlari tugalladi. Forscha ruboiylarida javonmardlik, pok axloq gʻoyalari ifodalangan.

K. moʻgʻul bosqinchilariga qarshi jangda shahid boʻlgan. Qabri Koʻhna Urganchda. Keksa shayx va donishmand insonning bu jangdagi qahramonligi, jasorati avlodlarga ibrat boʻlib qoldi. K. shaxsi va uning merosi Oʻzbekistonda mustaqillik tufayli oʻrganila boshlandi. 1995 yilda Oʻzbekistonda K.tavalludining 850 yilligi nishonlandi.

Adabiyot[tahrir]

Najmiddin Komilov.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil