Kontent qismiga oʻtish

Odob

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Odob (arabcha — „adab“ soʻzining koʻpligi) — jamiyatda eʼtirof etilgan xulq normasi.

Shaxs maʼnaviy hayotining tashqi jihatini ifodalaydi va oʻzgalar bilan munosabat (oila, mehnat jamoasi, turli marosimlar)da namoyon boʻladi. Odob negizida axloqning baʼzi tamoyil va meʼyorlari, shuningdek, maqsadga muvofikdik va goʻzallik (estetika) talablari yotadi. Odob kishining jamoat orasida oʻzini qanday tutishi, odamlar bilan qay yoʻsinda muomala qilishi, oʻz turmushi, boʻsh vaqtini qanday tashkil etishi, inson tashqi qiyofasi qanday boʻlishi lozimligiga tegishli qoidalar (masalan, sharm-xayo, kamtarlik, xushmuomalalik, ozodalik singarilar)ni oʻz ichiga oladi. Insonning diniy eʼtiqodi uning odobli boʻlib kamol topishiga samarali taʼsir koʻrsatadi. Odob taʼlimtarbiya, amaliy tajriba jarayonida shakllanadi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil