Usul

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Usul — 1) Sharq musiqa nazariyasida musiqiy ritm asoslarining umumiy tushunchasi. Kds. mumtoz musiqada aruz vaznlari bilan musiqiy vaznlarning umumiyligini ifoda etgan. Sheʼrning uzunqisqa boʻgʻinlar almashinuvi Ularda "t" va "n" unsiz harflar yordamida belgilangan: ochiq "ta", "na" boʻgʻinlari qisqa, yopiq "tan", "nan" boʻgʻinlar orqali — uzun zarb (naqr)lar oʻz ifodasini topgan. 2) doira va nogʻoralarda ijro etiladigan zarb tuzilmalari. Forobiy, Safiuddin alUrmaviy, ashSheroziy va boshqa ning musiqa risolalarida juda koʻp qad. usullar keltirilib, ular davri avsat, davri turkiy, davri ravon, davri asl, davri kabir, davri saqil, duyak, chorzarb, miatayn, ufar, zarbul fath, muxammas, hafif singari nomlar bilan atalgan. Bu usullarning koʻpi bizgacha ustoz sanʼatkorlar ijodi orqali yetib kelgan. Oʻzbek anʼanaviy musiqasida "Katta oʻyin", "Shodiyona" kabi U. turkumlari mavjud.