Bihar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Bihar — Hindistonning shim.sharqidagi shtat. Nepal bilan chegaradosh. Maydoni 174 ming km². Aholisi 86,3 mln. kishi (1990- yillar oʻrtalari). Maʼmuriy markazi — Patna shahri B.ning shim. qismi HindGang tekisligida, jan. esa ChxotaNagpur togʻligining sharqiy qismida (1000 m dan baland) joylashgan. Iqlimi tropik, musson iqpim. Qishi quruq, yozi seryogʻin. Oʻrtacha yillik yogin 1000 mm. Tuprogʻi shim.da allyuvial, jan.da qizil laterit tuproqlar. Tekislik qismi oʻzlashtirilgan. Bambukzorlar uchraydi, togʻli r-nlarida aksariyat barg tashlovchi aralash tropik oʻrmonlar (sal, albitsiya, akatsiya va boshqalar) usadi.

B. asosan agrar shtat. Konchilik sanoati asosida ogʻir sanoat ham rivojlangan. Hududining qariyb yarmi ekinzor, shundan bir qismi sugʻoriladigan yerlar. Asosiy qishloq xoʻjaligi ekini — sholi. Shuningdek makkajoʻxori, bugʻdoy, arpa, tamaki va koʻknor, dukkakli va moyli ekinlar ham ekiladi. B. mamlakatda jut va kartoshka yetishtirishda salmoqli oʻrin tutadi. Tekisliklarda shakarqamish ekiladi. Chorvachilikda koʻproq koramol, shuningdek ish hayvoni sifatida foydalanish uchun buyvol (suv sigiri) boqiladi. Oʻrmon mahsulotlari va lok yigʻiladi.

Fabrikazavod ishchilarining aksariyati mashinasozlik, metallsozlik, kimyo sanoatida band. Shakarqand sanoati ham rivojlangan. Jut, ip gazlama fkalari, tamaki korxonalari bor. Koʻmir (Damodor havzasi), kokslanadigan kumir, temir va mis rudasi, slyuda, uran xom ashyosi, boksit qazib chiqariladi. Gandak va Kosi daryolarida gidrotexnika inshootlari, Bokaroda metallurgiya k-ti, Ranchida ogʻir mashinasozlik zavodi qurilgan. Jamshedpurda metallurgiya k-ti, ogʻir mashinasozlik korxonalari bor. Baraunida neft zavodi qurilgan.

B. tarixiy viloyat, hind madaniyati va davlatchiligining muhim markazi. Miloddan avvalgi 6-asrda B.ning jan.da Magadxa davlati vujudga kelgan. Oʻsha davrda B. iqtisodiy va madaniy jihatdan Hindistonning eng rivojlangan qismi sanalgan. Rivoyatlarga koʻra buddizm va jaynizm usha yerda paydo boʻlgan. 6-asrdan B. mustaqil siyosiy ahamiyatini yoʻqota boshlagan. 12-asr oxirida Dehli sultonlmgitarkibigakiritilgan. 16—17-asrlarda Boburiylar davlati, 18-asrda Bengaliya davlati (navobligi) tarkibida bulgan. 1757—65 yillarda inglizlarning OstIndiya kompaniyasiga boʻysungan. Ingliz mustamlaka xukmronligi davrida B. mamlakatning eng qoloq r-nlaridan biriga aylangan. 1911 yil provinsiya (viloyat) huquqini olgan. 1950 yildan B. Hindiston Respublikasining shtati.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil