Bengaliya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Bengaliya elchisi Bobur qabulida

Bengaliya, Bangol (bengal tilida — Bangla) — Osiyo jan.dagi tarixiy viloyat. Gang daryosining quyi oqimi havzasi va Gang , Brahmaputra darslari deltasida. Qadimda B.ning turli qismlari Anga, Vanga, Gauda kabi nomlar bilan mashhur boʻlgan. Bu hudud 10 — 12-asrlardan B. deb atala boshlagan. 13-asr boshlarida Dehli sultonligita qoʻshib olingan. 14-asr oʻrtalarida mustaqil davlat boʻlib olgan. 1575 yil boburiylartomonidan zabt etilgan. 18-asr boshlarida B. hududida yana mustaqil davlat vujudga kelgan. 1757 yil B.ni Angliya oʻziga tobe qilgan. 1947 yil Hindiston ikkiga boʻlingandan soʻng , hindu bengʻallar yashaydigan Gʻarbiy B. Hindistonga, musulmon bengʻallar yashaydigan Sharqiy B. Pokistonga oʻtdi. Sharqiy B. 1971 yildan — Bangladesh davlati.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil