Maʼrifat
Maʼrifat — kishilarning ongini, bilimini, madaniyatini oshirishga qaratilgan taʼlimtarbiya. U tabiat, jamiyat va inson mohiyati haqidagi turli bilimlar, maʼlumotlar majmu-asini ham bildiradi. Maʼrifat ilmu urfon maʼnosida ham ishlatiladi. Maʼrifat tushunchasi madaniyat, maʼnaviyat tushunchalari bilan bogʻliq. Maʼrifat maʼnaviy qaramlikni bartaraf qiladi, insonga kuch-qudrat ato etadi. U kishilarni jaholatdan qutqaradi, buzuq ishlardan qaytaradi, yaxshi xulq va odob egasi boʻlishga yordam beradi. Maʼrifatli kishilardan tashkil topgan jamiyat ravnaq topadi, kelajagi porloq boʻladi. Maʼrifat — bilim va madaniyatning qoʻshma mazmuni boʻlib, maorif uni yoyish vositasvdir. Maʼrifatni hayotga singdirish maorif tizimi orkali amalga oshiriladi.
Tasavvufda Maʼrifat sufiylarning ruhiy kamolotga erishuvining asosiy bosqichlaridan biri sifatida talqin etiladi.[1]
(Siz Ma'rifat haqida 5-sinf darsligining Tarixdan hikoyalar kitobida ham ko'proq tanishishingiz mumkin)
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |