Balʼamiy Abu Ali Muhammad ibn Muhammad

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Balʼamiy Abu Ali Muhammad ibn Muhammad (? — 974, Buxoro) — tarixchi olim, davlat arbobi. Somoniylardan Abdulmalik ibn Nuh (954— 961) va Mansur ibn Nuh (961 —976) zamonida bosh vazir boʻlgan. U 963-yil Tabariy (839 — 923)ning "Taʼrix ulanbiyo var-rasul val-muluk val-xulafo" ("Paygʻambarlar, podshohlar va xalifalar tarixi") nomli yirik asarini fors tilida qaytadan yozgan. U Sharqda 9-asrgacha boʻlgan siyosiy voqealarni oʻzida aks ettirgan, Oʻrta Osiyoda yangi fors tilida bitilgan birinchi asar boʻlib Tabariyning arab tilida yozilgan va Leydenda (1879 — 89) nashr etilgan yuqoridagi asariga qaraganda aniq maʼlumotlarga boy va ayrim hollarda mufassalroqdir. Aftidan, B. Tabariy asarining avvalgi toʻlaroq nusxalaridan foydalangan. B.ning bu asari chet tillarga tarjima qilingan.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil