Karomat

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Karomat (arab. — karomat, gʻayritabiiy hodisa) — 1) «Karomat» so‘zi lug‘atda «ikrom qilinish, yuqorililik, sharaf» ma'nolarini bildiradi. Islom talumotiga koʻra, shu hodisalar paygʻambarlarda namoyon boʻlsa — moʻʼjiza, aziz-avliyolardan sodir boʻlsa — K. deyiladi. Gʻayridin, kufr ahlidan sodir boʻlsa sehr-jodu, koʻzbaxshilik (fokus) yoki istidroj (vaqtincha omadli boʻlish) deb ataladi. Mas, Muso paygʻambar qoʻlidagi hassasini toshga urganda undan suv otilib chiqqani, kerak boʻlganda u katta ilonga aylanib, sehrgarlar yasagan ilonlarni yutib yuborgani moʻʼjizadir. Muhammad (sav)ga berilgan moʻʼjizalarning eng ulugʻi — Qurʼoni karim sanaladi. K.lar Alloh suygan bandalar, aziz-avliyolarning tanasini qabrda chirimasligi, o'ziga tegishli yaxshi ishlarni oldindan his qilishi, suv ustda yurishi, dushmanlar ko'ziga ko'rinmay qolishi kabi ishlar karomat xisoblanadi. Lekin u juda kamyob hodisa va tasodifan bo'ladi. Sufizmdagi ayrim haddidan oshgan insonlar karomatni pirlarimiz, avliyolarimiz xalqni oldiga yig'volib har kuni kursatishadi deb ishonishadi. Bu hato tushuncha. Karomat Alloh istagan vaxtda yuz beradi, bandasining talabiga binoan emas.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]