Ali Qushchi
Ali Qushchi | |
---|---|
Mavlono Alouddin Ali ibn Muhammad Qushchi Samarqandiy | |
Tavalludi |
1403 |
Vafoti |
1474-yil 16-dekabr Istanbul |
Fuqaroligi | Temuriylar imperiyasi va Usmonli imperiyasi |
Ali Qushchi (taxallusi; asl ismi-sharifi Mavlono Alouddin Ali ibn Muhammad Qushchi Samarqandiy) (1403, Samarqand — 1474, Istanbul) — falakiyotshunos va riyoziyotchi olim, Ulugʻbek ilmiy maktabining atoqli namoyandalaridan biri, uning yaqin shogirdi. Amir Temur qarorgohi boshligʻining oʻgʻli. Ulugʻbek saroyida qarchigʻaylar boqqani uchun uni "Qushchi" deyishgan. Ali Qushchi boshlangʻich ma’lumotni Samarqandda oladi (Qozizoda Rumiyda tahsil koʻradi), oʻz ma’lumotini oshirish uchun 1414-yilda Eronning Kirmon shahriga boradi va u yerdagi madrasada 3 yil ta’lim oladi, ayniqsa tabiiy fanlarni, xususan falakiyot, riyoziyotni puxta oʻrganadi, 1417-yili Samarqandga qaytadi. Bu vaqtda Samarqandda Ulugʻbek madrasasi qurilayotgan edi. Ali Qushchi shu madrassada ham ta’lim olishni davom ettiradi, Qozizoda Rumiy va Gʻiyosiddin Koshiylardan ilm sirlarini oʻrganadi. Madrassani bitirgach, shu yerda falakiyot va riyoziyotdan mashgʻulotlar olib boradi, ilmiy ishlar bilan mashgʻul boʻladi. Ulugʻbek rasadxonasini qurish ishlarida ham faol qatnashadi. Shu davrda "Hisob risolasi" va "Astronomiya risolasi" asarlarini yozadi va ilm ahli orasida katta obroʻ qozonadi. 1428-yilda Ulugʻbek rasadxonasi ishga tushirilgach, bu yerda Ulugʻbek rahbarligida kuzatuvlar olib boradi, risolalar yozishda davom etadi. Ulugʻbekning "Ziji jadidi Koʻragoniy" asari yozilishida Ali Qushchining ham hissasi katta. 1438-yilda Ulugʻbek Ali Qushchini Xitoy saltanatiga elchi qilib yuboradi, u Xitoydan qaytib kelgach, "Matematika va astronomik jugʻrofiya" asarini yozadi.
Ulugʻbek vafotidan (1449) soʻng uning Samarqanddagi mashhur kutubxonasi xavf ostida qoladi. Kutubxonani A. Q. saqlab qolgan degan taxminlar bor; ri-voyatlarga qaraganda kutubxonadagi kito-blarning koʻp qismini A. Q. Samarqand yaqinidagi Xazrat Bashir qishlogʻiga koʻchirgan. Koʻp oʻtmay, ta’qiblardan qochib, A. Q. Samarqanddan chiqib ketish-ga majbur boʻladi. U avval Karmana va boshqa shaharlarda yashab, 1465-yil Turkiyaning Istanbul shahriga boradi. Turk sultoni Muhammad II (1451—81) taraqqiyparvar shaxs boʻlib, oʻz atrofiga olim va shoirlarni toʻplar edi. A. Q.ning dongʻini eshitgan sulton uni saroyga xizmatga ta-klif kiladi va olimlarga rahbar qilib tayinlaydi. A. Q. Turkiyada olimlar, faylasuflar, shoirlarni oʻz atrofiga toʻplab, ilmiy ishlarni taraqqiy etti-rishga intiladi, oʻzi esa riyoziyot, falakiyot, falsafa, mantiq, adabiyot, musiqa va boshqa fan sohalaridan risolalar yozadi. A. Q.dan 20 dan ortiq ilmiy asar meros boʻlib qolgan. U koʻp olimlarning asarlariga sharhlar yozgan. Ayniqsa A. Q.ning "Ulugʻbek zijiga sharh" asari astronomiya tarixida katta ahamiyatga ega. U "Zij"ni geometrik teoremalar yordamida sharhlaydi. A. Q. asarlarining koʻpchiligi Turkiyadagi Aya Sofiya madrasasi kutubxonasida saqlanib qolgan.
Ulugʻbek maktabi namoyandalari va xususan A. Q.ning asarlari va dunyoqarashlari ilm-fan tarixida oʻziga xos oʻrin tutadi. A. Q. dunyo moddiy narsalardan iborat, moddiy narsalar esa oddiy va murakkab holda boʻlib, ularda ichki ziddiyatlar mavjud, deb hisoblagan. U fasllar almashinuviga Yerning Quyoshga yaqinlashuvi sababligini aytgan.
A. Q. 16-17-asrlarda Oʻrta va Yaqin Sharq mamlakatlarida riyoziyot fani rivojiga sezilarli ta’sir koʻrsatgan. "Hisob risolasi" asaridan Oʻrta Osiyo madrasalarida oʻquv qoʻllanmasi sifa-tida foydalanilgan. Bu asarda hindlar arifmetikasi (oʻnlik sanoq tizimi), fa-lakiyotshunoslar arifmetikasi (oltmish-lik sanoqtizimi) va geom. (handasa) haqida yangi fikrlar aytilgan. "Kitob ul-Muhamadiya" asarida A. Q. sonlar-dan ixtiyoriy natural darajali ildiz chiqarish usullarini va Nyuton binomi formulasini koʻrsatadi, uning bu usul-lari hozirgi vaqtda Ruffini — Gorner sxe-masi deb nom olgan usulga oʻxshashdir. Bu asarida A. K,, kvadrat ildizini, umuman I darajali iddizni taqribiy hisoblash formulalarini beradi. Shuni ta’kidlash lozimki, hozirgi ildiz ishorasi Turkiston olimlari asarlarida qoʻllanilmagan: ildiz soʻzlar bilan yozilgan. A. Q. bu asari-da birinchi boʻlib asoslagan "musbat" va "manfiy" atamalari, ularning tatbiqi mat. tarixida katta ahamiyatga ega. Gʻarbiy Yevropaga "musbat" va "manfiy" sonlar 15-asr oxirlarida pizalik Leonardo asar-lari orqali tarqalgan. Kitobda uzunlik (masofa), kesmalar va yuzlarni oʻlchash va jismlarning hajmlarini hisoblash qoidalari bayon qilingan. Bu asarda tri-gonometriyadagi tekis uchburchaklar tri-gonometriyasi, sinus va kosinus teore-malari bayon etiladi, ba’zi shakllarning sirtlarini hisoblash uchun taqribiy formulalar beriladi, bu formulalar A. Q. dan oldin oʻtgan olimlar asarlarida uchramaydi. Kitobda keltirilgan sinuslar jadvalidagi sinus funksiyasining qiymatlari hozirgi zamon qiymatlaridan deyarli farq qilmaydi.
A. Q. uchburchakning yuzini topish usulini ham bergan. Hozirgi ilmiy tadqiqot ish-lari koʻrsatishicha, A. Q. asarlaridagi toʻgʻri chiziqli trigonometriyaga doir koʻp masalalar birinchi marta berilgan ekan. Uchburchaklarni yechish masalasida konuslar teoremasini Koshiy va A. Q. birinchi marta ish-latganlar (Yevropa-da 1593-yil birinchi marta Viyet tatbiq etgan). A. Q. "Astronomiyaga oid ri-sola" asarida Ulugʻbek rasadxonasida olib borilgan kuzatishlarning natija-si oʻlaroq, yulduzlar va sayyoralarning harakati, past (perigey), yuqori (apo-gey) masofalari haqidagi, fazoda har bir sayyoraning oʻrni, Quyosh uzoqligi haqidagi hisoblashlar va jadvallarni keltirgan, Oy va Quyosh tutilishi masa-lalarini ham juda aniq, toʻgʻri va ilmiy tarzda tushuntirib bergan. Yuqorida aytilgan "Astronomiya risolasi"da A. Q. tuzgan dunyo haritasi berilgan. Xa-ritada asosan shim. yarim shar chegarala-ri koʻrsatilgan; haritadagi koʻndalang chiziqlar iqlimlar chegarasini ifoda-laydi. Ekvatorning sharqiy yarim shari-dagi uz. "3332 farsang"— taxminan 20 ming km ga toʻgʻri keladi. Harita bir qadar sxematik tarzda tuzilganligiga, uning haqiqatga mos kelmaydigan joylari borligiga qaramay, u Oʻrta Osiyo harita-shunosligining bir na-munasi sifatida ahamiyatga ega. A. Q. mat. fanidan oʻqish kitoblari va qoʻllanmalar ham yozgan. A. Q. Samarqand ilmiy maktabi an’anala-rini davom ettirib, bu ilmiy maktab-ning fan sohasidagi katta yutuqlarini Oʻrta, Yaqin Sharq va Yevropa mamlakat-lariga tarqatishda faol ishtirok etadi. 320A. Q. vafotidan soʻng uning shogirdlari — Mirim Chalabiy, Husayn Birjandiy, Bahovaddin Omuliy, Najmiddin Ali-xon va boshqa uning ilmiy ishlarini davom ettirdilar.
A. Q. asarlari qoʻlyozmalari Tosh-kent Sharqshunoslik institutida, Dushanba, Sankt-Peterburg, Mashhad, Istanbul, Oksford, Leyden (Niderlandiya) va Aya Sofiya (Turkiya) kutubxonalari va boshqa joylarda saqlanmoqda.
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- Astronomiyaga oid risola, T., 1968;
Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- Ahmedov B„ Ulugʻbek, T., 1965;
- Nosirov A., Ali Qushchi, T., 1964;
- Ahadova M., Oʻrta osiyolik mashhur olimlar va ularning matematikaga doir ishlari, T., 1983;
- Abdurahmonov A., Ulugʻbek akademiyasi, T., 1993.
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
|
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |