Nasaviy (tarixchi)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Nasaviy, Shihobiddin Muhammad annasaviy (? —1249) — tarixchi, Ashxobod yaqinidagi Xuran-diz qalʼasi hokimi (1219—21). N 1220—24 yillarda moʻgʻullar istilosiga qarshi kurash olib borgan. 1224 yildan Jaloliddin Manguberdinnt shaxsiy kotibi boʻlgan, uning harbiy yurishlarida katnashgan. 1241 yil arab tilida "Siyrat as-sulton Jaloliddin Manguberdi" ("Sulton Jaloliddin Manguberdining hayoti tafsiloti") nomli asar muallifi. Asarda Movarounnaxrni bosib olinishi bilan bogʻliq vo-qealar bayon etilgan. Yaqin va Oʻrta Sharq mamlakatlarining ijtimoiysiyosiy ahvoli toʻgʻrisida qimmatli maʼlumotlar bor. Asar 13-asr oxirlarida fors tiliga tarjima qilinib, Tehronda, uning arabcha nusxasi Parij, Qohirada, ruscha tarjimasi Bokuda va oʻzbek tilida Toshkentda (1999) nashr etilgan.

Manbalar[tahrir]

  • Shahobiddin Muhammad annasaviy, Sulton Jaloliddin Manguber-di hayoti tafsiloti, T., 1999.