Garvard universiteti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Garvard universiteti - AQSH dagi qad. universitetlardan biri. 1636 yil kollej sifatida tashkil etilgan. Boston shahri yaqinidagi Kembrij shahrida joylashgan. 1639 yildan kollejga oʻz mulkining yarmi va kutubxonasini vasiyat qilib qoldirgan ingliz vaziri, sanʼat ba-kalavri J. Garvard nomi bilan ataladi. 19-asrning 1-choragida universitetga aylantirilgan. Universitet ijtimoiy, tabiiy va yuridik fanlar, tibbiyot, ped., amaliy fizika, siyosiy iqtisod, muhandislik va b. sohalar boʻyicha mutaxassislar tayyorlaydi. Universitetda 20 mingga yaqin talaba taʼlim oladi. Kutubxonasi (1638 yil tashkil etilgan)da 8 mln.ga yaqin asar saqlanadi.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil