Leyden

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

LeydenNiderlandiyaning gʻarbiy qismidagi shahar. Janubiy Gollandiya provinsiyasida. Reyn daryosi deltasidagi port. Aholisi 117,4 ming kishi (2001). Leyden yirik madaniy va ilmiy markaz. Jun tayyorlashning qadimiy markazi. Mashinasozlik, metallsozlik, kimyo, poligrafiya, tikuvchilik sanoati korxonalari mavjud. Universitet (1575), universitet kutubxonasi, tarix muzeyi, etnografiya muzeyi, mashhur rassom Rembrandt uy-muzeyi va boshqalar bor. Shahar qoʻlyozmalarda ilk bor 9-asrda qayd etilgan. 12—18-asrlarga oid meʼmoriy yodgorliklari saqlangan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil