Florensiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Florensiya — Italiyaning markaziy qismidagi shahar. Arno daryosi boʻyida. Toskana viloyati va Florensiya provinsiyasining maʼmuriy markazi. Aholisi 352,2 ming kishi (2001). Mamlakatning muxim sanoat va madaniy markazi. Metallurgiya, mashinasozlik (xususan, ogʻir mashinasozlik, elektrotexnika, radioelektronika, fotoapparatlar, astronomiya priborlari ishlab chiqarish) sanoatlari rivojlangan. Kime, neftni qayta ishlash, toʻqimachilik, koʻnpoyabzal, yogʻochsozlik, oynashisha, oziq-ovqat, poligrafiya sanoati korxonalari mavjud. Zargarlik buyumlari ishlab chiqariladi. Hunarmandchilikda badiiy buyumlar tayyorlanadi. Unt (1321), konservatoriya, badiiy akademiya, Toskana Fanlar va adabiyot akademiyasi, Yevropada eng qad. botanika bogʻi (1545), astrofizika rasadxonasi, mashhur kartinalar galereyalari (Uffitsi, Pitti va boshqalar), etrusskirim, fan tarixi, paleontologiya muzeylari, teatrlar bor. F. — dunyoga mashhur shaharmuzey.

Ulugʻvor binolari, asosan, Uygʻonish davrida bunyod etilgan. Oʻsha davrda qurilgan saroypalatssolar, Strotssi palatssosi, Pitti saroypalatssosi, SantaMariya del Fore cherkovi, serhasham baptisteriy, Uffitsi galereyasi, koʻpriklari F.ning eng muhim meʼmoriy yodgorliklari hisoblanadi. Zamonaviy binolar, asosan, shahar atrofida qurilmoqda.

F. qad. etrusski qishlogʻi oʻrnida rimliklar tomonidan miloddan avvalgi 1-asrda barpo etilgan. 10 —11-asrlarda Toskana markgrafligi tarkibiga kirgan. 11-asrda muhim savdo va hunarmandchilik markaziga aylangan. 13-asrning 2yarmidan F. Gʻarbiy Yevropa bank ishlari markaziga aylandi, 14-asrda shaharda jun sanoati ravnaq topdi. 1865 —71 yillarda birlashgan Italiya poytaxti. Shahar 1966 yil suv toshqinidan katta talafot koʻrgan.

F.da "Florensiya mayi" xalqaro musika festivali, badiiy kurgazmalar oʻtkaziladi. Turizm rivojlangan.