Soʻx gaz-neft koni
Soʻx gaz-neft koni - Fargʻona viloyati Rishton tumanidagi kon. Qoʻqon shahridan 30 km janubida antiklinal burmada joylashgan. 1956-yilda ishga tushirilgan. Strukturaning markaziy qismidan Soʻx daryosi kesib oʻtadi, relyefning mutlaq bal. 850–864 m. Shimoliy Soʻx burmasida paleozoy, mezozoy va kaynozoy yotkiziqdari bor. S.g.k.da 1946— 68 yillarda 139 ta burgʻi qudugʻi qazilib, undan 59 tasidan sanoat miqyosida neft va gaz olingan. S.g.k. koʻp qatlamli, gaz va kisman neft paleogen yotqiziklari gorizontlarida uchraydi; 6gorizontdagi neft uyumida gaz qalpogʻi bor. Boʻr va yura davrlari gorizontlarida ham gaz uyumlari mavjud. 2gorizont 1070–1350 m chuqurlikda ochilgan. Qatlam, asosan, mayda qumtoshlardan iborat, kalirshigi 14 m, gʻovakligi 9— 38%, gazlilik maydoni 7,7 km², uyum bal. 240 m. Gaz zichligi 0,676 g/sm³. Barcha gorizontlarda gazning tarkibi turlicha. Neft uyumi sharqiy koʻtarilmada ochilgan, 4gorizont rishton qatlamlari orasida joylashgan, ohaktoshli, ostki qismi mayda qumtoshli. Foydali qalinligi 3 m. Gʻovakligi 2,7616,4%. Qatlam 13001420 m chuqurlikda ochilgan. Neftgazlilik maydoni 1038 ga. Neft zichligi 0,880 g/sm³. Tarkibi (%da): asfaltenlar 0,90, aksiz smolasi 14,7, koks 2,5, parafin 7,9. Neft yengil, kam oltingugurtli (0,12%). 8gorizont buxoro qatining yuqori qismida joylashgan, qumli ohaktoshlar, gil, angidrit va qumtoshlardan iborat. Qalinligi 33 m, mahsuldor qatchalarning umumiy qalinligi 16 m, gʻovakligi 15—21% boʻlib, 1470–1590 m chuqurlikda ochilgan. Konda 1961-yil boʻr yotqiziklaridagi gaz oqimi 8gorizontning gumbaziga yoʻnaltirilgan. 1963-yil qatlamdagi bosimni bir meʼyorda saqlash uchun neft chegarasi tashqarisiga suv bostirilgan va 1964—67 yillar davomida bosim pasayishi oldi olingan. Kondan hozirgi kunda foydalanilmoqda.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |