Chodak oltin koni

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Chodak oltin koni - Namangan viloyati Pop tumanidagi kon. Ruda maydoni, asosan, Pirmirob va Guzoqsoyda, shuningdek, bir qancha mayda oltinkumushli namoyonlarni qamrab olgan. Qurama togʻ tizmalarining jan. yon bagʻrida, Qoʻqon shahridan 65 km, Namangandan 73 km masofada Chodak daryosi vodiysining oʻrta qismida joylashgan. Kon 1953-yilda ochilgan. Oltin rudalari kvarsoltinli sanoat turiga mansub, kumush keng tarqalgan. Maydon Yer poʻstining yirik UgomQumbel va Shimoliy Fargʻona siniklari tutashgan, yuqori paleozoy vulkanizmi jarayonlari keng rivojlangan (60% dan koʻproq maydonni egallaydi) hududda joylashgan. Maydon tuzilishini bir necha omillar — turli yoʻnalishlarda rivojlangan yirik siniqlar (Anjur, Chelpaksoy, Joʻlasoy, Chodakboshi, Pirmirob, Guzoqsoy, OqbulokgQoraqoʻton va h.k.) va ularning shoxobchalari murakkablashtirgan Oʻriklik qubba koʻtarilmasi, Chodak siniqoldi choʻkmasi hamda ushbu strukturalarga Quyundi (S3—R,) porfirli granitoid intruziyasining joylashuvi (30% dan ziyodroq maydonni egallagan) belgilaydi. Ruda tanalarining joylashuvi, asosan, fanitoidlar taʼsirida skarnlashgan, berezitlashgan jinslar, argillizitlar, kvarsadulyar metasomatitlar orasida turli siniqlar bilan belgilangan boʻlib, ular plitasimon, murakkab tomir va tomirsimon, linza va ustunsimon shakllarda uchraydi. Ruda tanalarining uz. 1000 m gacha, qalinligi 10 m gacha, bir necha yuz m chuqurlikkacha tarqalgan. Oltinning miqdori 30—40 g/t (oʻrtacha 5—6 g/t), kumushniki 2200 g/t gacha (oʻrtacha 30—80 g/t) yetadi. Asosiy rudali minerallari: pirit, arsenopirit, xalkopirit, kleofan, galenit, tennantit. Sfalerit, magnetit, gematit, pirargillit, freybergit, polibazit, galenit, allargentum va boshqa ham uchraydi. Ai ningasosiy qismi — elektrum shaklida, bir necha (6 tagacha) generatsiyasi mavjud; kyustelit ham uchraydi. Rudani yer osti usulida kazib olish qulay. Oltin ajratib olishning eng oson usuli — toʻgʻridantoʻgʻri sianlashtirishdir.