Keles gil koni
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Keles gil koni - Toshkentdan 25 km shim.-gʻarbda, Keles daryosining oʻng sohilida, Qozogʻiston Respublikasi hududida joylashgan. 1948 yilda ochilgan. Tafsiliy razvedka ishlari 1958 yilda bajarilgan. Konning aniqlangan zahirasi 20 mln. t. 1951 yildan ochiq karyer usulida qazib olinadi. K.g .k. da foydali kazilma paleogenning turkiston yarusiga mansub bentonit gilmoyasi qatlamlari boʻlib, ular olay yarusi kvars qumlari ustida yotadi va neogen yotqiziqlari bilan qoplangan. Bu yotqiziqlar uz. 6 km va eni 2—2,5 km boʻlgan Qingʻiroq braxiantiklinal burmasining qanotlarini tashkil etadi. Foydali qazilma qatlamlarining umumiy qalinligi 45 m. Konda bentonit gilmoyasining 3 turi mavjud. Gilmoya qatlamlarining qalinligi 5 m dan 25 m gacha. Ular birbiridan qumtosh qatlamchalari bilan ajralgan. Gilmoyaning mineral tarkibini, asosan, montmorillonit, qisman gidroslyuda tashkil etadi. K.g .k. bentonitlari parmalashda ishlatiladigan yuqori sifatli yuvuvchi suyuqlik tayyorlashda, paxta yogʻi va vino mahsulotlarini oklashda adsorbent sifatida, poʻlat quyish uchun qoliplar tayyorlashda bogʻlovchi material sifatida, qurilishda keramzit, gʻisht va b. materiallar i.ch.da keng qoʻllanadi.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |