Odamtosh gaz-kondensat koni

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Odamtosh gaz-kondensat koni — Qashqadaryo viloyati Gʻuzor tumanidagi Odamtosh antiklinal burmasida joylashgan kon. Odamtosh antiklinali jan. -gʻarbdan shim.-sharqqa yoʻnalgan. Qanotlari asimmetrik tuzilgan, shim.-gʻarbiy qanoti tikroq. Yura davri ohaktoshlari boʻyicha antiklinalning uz. 14 km, eni 5,2 km, qalinligi 600 m. 1962 yilda konda qidiruv quduqlari burgʻilangan. Yura, boʻr va paleogen davrlariga mansub jinslar mavjud. Yura davri jinslari kontinental va dengiz sharoitida hosil boʻlgan terrigen jinslar, ohaktosh, tuz va angidritdan iborat, umumiy kalinligi 2000 m dan ziyod. Boʻr davri jinslari ham kontinental va dengiz sharoitida hosil boʻlgan shagʻaltosh, qumtosh alevrolit, gil, ohaktoshdan tuzilgan. Paleogen davri jinslari kam tarqalgan, qalinligi 100 m.

O.g .-k.k.da sanoat ahamiyatiga ega boʻlgan gaz uyumlari yuqori yura ohaktoshlarining 15- va 15-a gorizontlarida topilgan. 15-gorizontdagi gaz uyumlari ohaktoshlarning yuqori gʻovakli qismida joylashgan. Gorizontning umumiy qalinligi 174–270 m, gʻovakligi 3,15%, oʻtkazuvchanligi 245 millidarsigacha, gaz uyumi 1397–1468 m chuqurlikda joylashgan boʻlib, uz. 12,2 km, eni 4,4 km. Qatlam bosimi 17,4 at. Gazning zichligi 0,691—0,782, tarkibi 0,10—0,30% vodorod sulfid, 0,4— 7,5% karbonat angidrid, 33,4—87,4% metan va 1,9—11,4% azotdan iborat. Kondensat quyuklashgan suyuq uglevo-dorodlar boʻlib, 1 m3 gaz tarkibida 12—700 sm3 ni tashkil etadi. Kondensatning zichligi 6,9—7,3 g/sm3. 15-a gorizont oʻrtasi mayda, darz ketgan toʻq kulrang ohaktoshlardan iborat boʻlib, 1287– 1210 m chuqurlikda joylashgan. Gorizontning umumiy kalinligi 129 – 173 m. Gʻovakligi 11,6%. Gaz uyumining uz. 8,7 km, eni 2,4 km, bosimi 174,4 at.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil