Dovgostov oltin koni

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Dovgostov oltin koni - Navoiy viloyatida joylashgan kon, Zarafshon sh.dan 40 km jan.da. 1967-yilda Ovminzatov — Beltovning markaziy qismidagi tepalikda topilgan, razvedka va baholash ishlari 1970—73 yillarda bajarilgan. 1977—82 yillarda konda mukammal razvedka ishlarining 2-nav-bati olib borilgan. Konning geologik tuzilishida yuqori rifey terrigen (alevrolit, qumtosh, slanetslar) yotqiziqlardan iborat besopan svitasi ishtirok etgan. D.o.k. uzunligi 2,5 km, kalinligi 100—450 m minerallashgan zonadan iborat. Ruda jismlari tomirsimon, uzunligi bir necha oʻn m boʻlib, 150—500 m chuqurlikkacha davom etgan. 16 ta ruda jismi aniklangan. D.o.k. asosiy rudali minerallari pirit, oltin bilan arsenopirit, antimonit; noruda minerallar — kvars, kalsit, seritsit; ikkinchi darajalilari — markazit, sfalerit, argentit. D.o.k.— zaxiradagi kon.

Adabiyot[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil