Polvontosh neft-gaz koni

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Polvontosh neft-gaz koni - Andijon viloyatidagi kon. Polvontosh antiklinal burmasida joylashgan. Razvedka-parmalash ishlari 1942 yil boshlangan. Polvontosh burmasi jan.-gʻarbdan shim.-sharqqa yoʻnalgan boʻlib, paleogen yotqiziqlari boʻyicha uz. 5 km, eni 1,1 km. Shim.-garbiy qanoti 20— 25°, jan.sharqiy qanoti 50—70° en-kaygan. Burmani kesib oʻtgan tektonik siniklar uni bir necha qismlarga aj-ratib turadi. Kon yura, paleogen, neogen davrlariga mansub jinslardan tu-zilgan. Yura yotqiziklari konglomerat, qumtosh va gillaodan tarkib topgan. Qalinligi 160–215 m. Boʻr yotqiziqlari quyi va yuqori boʻlimlardan iborat. Quyi boʻr yotqiziqlarida toʻq yashil, qoʻngʻirsimon-qizil har xil donali qumtosh va gillar bor. Qalinligi 330– 410 m. Yuqori boʻr yotqiziklari qizgʻish gil, qumtosh, ohaktosh va dolomitdan tashkil topgan. Qalinligi 720–850 m. Paleogen yotqiziqlarining quyi kis-mi oq gipsdan, yashilkulrang qumtosh hamda kulrang ohaktoshdan tuzilgan; oʻrta qismi — yashil, qizil gil va och kulrang ohaktoshlar, ustini qizil rang gil qoplagan. Paleogen yotqiziklarining umumiy qalinligi 635–715 m. Neogen yotqiziqlari qizgʻish jigarrang qumli gillardan, och pushti, och qoʻngʻir gillardan iborat. Umumiy qalinligi 520–650 m. Yura, bur, neogen qatlamlarida neft va gaz bor.

Polvontosh neft-gaz koni-g .k. neftining zichligi 834–874 kg/m3, tarkibidagi oltingugurt 0,15— 0,32%, parafin 5,7—7,4%. Gaz tarkibida 78,3—79,30% metan, 0,02% oltingugurt, 0,15—0,43% karbon kislota, 7,1 — 13,2% azot gazlari bor.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil