Oqjar neft va gaz koni

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Oqjar neft va gaz koni -Buxoro viloyati Qiziltepa tumanidagi kon. 1959—62 yillarda konda razvedka ishlari olib borilgan. 1964 yil neft va 1966 i. gaz olina boshlandi. Kon yura, boʻr, paleogen va neogen davrlari jinslaridan tarkib topgan. Neft va gaz yura — boʻr davrlari jinslari ora-sida. Yura davri jinslari kulrang qum-tosh, alevrolit, gil, angidrit, mergel va gilli ohaqtoshlardan, boʻr davri jinslari esa qoʻngir, qizil, koʻkim-tir, kulrang qumtosh, alevrolit va gildan iborat. Bu jinslarning umumiy qalinligi 120–550 m. Paleogen davri jinslari sargʻish ohaktosh va koʻk gil qatlamlaridan tuzilgan. Umumiy qalinligi 35 m. Gorizontlarning uz. 840 m gacha, eni 330–2000 m, balandligi 8–160 m, umumiy qalinligi 7,4–167 m, mahsuldor qatlam qalinligi 1,3–47 m; jinslarning gʻovakligi 7,25—26%, oʻtkazuvchanligi 22—913 millidarsi. Gaz tarkibida 94,6% metan, 3,2% azot, neft tarkibida 1,57% oltingugurt, 0,68% asfalten, 5,16% parafin bor.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil