Tergachi neft koni

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Tergachi neft koni - Namangan viloyati Kosonsoy tumanidagi kon. Namangan temir yoʻl stansiyasidan 25–30 km shim.gʻarbda. Kondan 30 km masofada Tergachi—Namangan neftuzatgich quvuri oʻtadi. Kon maydoni Chatqol togʻ tizmasining togʻ oldi tekisligida, dengiz satx.idan 700–800 m balandlikda joylashgan. Tergachi neft konik. Namangan tektonik pogʻonasidagi Tergachi burmasi bilan boglik. Tergachi burmasi braxiantiklinaldan iborat, shim.sharqdan jan.gʻarbga choʻzilgan, asimmetrik tuzilishga ega. Shimoliy kanoti tik (15—16°), jan. yassi (8— 10°). Shimoliy va shim.sharqiy tomonlaridan koʻtarilmauzilma tipidagi koʻp sonli tektonik buzilishlar bilan murakkablashgan. Janubiy va shimolidagi yoriklar amplitudasi 30–45 m, markazdagisi 130–140 m ga yetadi. Konning neftli gorizontlari quyi neogen, paleogen va olay karbonat yotqiziklarida mujassamlashgan. Kdzilgan kuduklarning 21 tasidan neft olingan. Kizil rangli svitadagi neft ogʻir, parafinli, kam oltingugurtli, oksidlangan, metanneftenli tipga mansub. Baʼzi gorizont. lardagi neft yengil. Tarkibida oltingugurt, asfalten, koks, parafin, selikagelli smola, aksiz smolasi kam. Qizil rangli svita va ayrim gorizontlardagi qatlam suvlari namakob turiga mansub, minerallashganligi 78,6—143,1 g/l, kimyoviy tarkibiga koʻra xlorkaltsiyli. Kondan hozirgi kunda foydalanilmoqda.