Kontent qismiga oʻtish

Sariqamish gaz-neft koni

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Sariqamish gaz-neft koni - Fargʻona viloyati Sariqamish antiklinalida joylashgan kon. Kon geologiyasi 1930y.larda oʻrganilgan. Burgʻilash natijasida bur, yura hamda paleozoy davrlariga mansub yotqiziklar tarkibi aniklandi. Yura yotqiziklari och kulrang har xil donali qumtosh va gillardan tashkil toptan, umumiy kalinligi 280 m gacha. Boʻr yotqiziklari 400 m qalinlikda boʻlib, qumtosh, gil, ohaktosh, mergel va chigʻanoqlardan iborat. Paleogen yotqiziklari dolomitlashgan ohaktosh va yashil, qizgʻish gil qatlamlaridan tuzilgan, umumiy qalinligi 360 m gacha. Burmaning chekka qismlarida qalinligi 40 m li neogen yotqiziqlarini uchratish mumkin; ular qizgʻish, jigarrang gil va och pushti qumtoshlardan iborat.

Kondagi gazning s.ogʻ. 0,681—0,685; gazda 81,1—82,8% metan, 0,3% oltingugurt, 4,2—11,2% azot va siyrak gazlar, 0,3—1,05% karbon kislota bor. Neftning s.of. 0,765, oltingugurtsiz, parafin 5,2% boʻlib, metan neftlari tipiga mansub.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil