Ingichka volfram koni

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Ingichka volfram koni -kattaqoʻrgʻon sh.dan (Samarqand viloyati) jan.sharqsa Zirabuloq togʻlarida joylashgan kon. 1941 y. A. M. Yengalichev topgan, Ingichkasoy nomi bilan atalgan. Kon 1943 y. ishga tushirilgan. I. v. k.ning istikbolini aniqlash va razvedka qilishda H. M. Abdullayev, A. V. Korolev, N. V. Litsenmayer, I. H. Hamroboyev, N. D. Ushakovlar qatnashgan.

I. v. k. geologik tuzilishida yuqori karbon — quyi perm davri otqindi va yuqori silur davri metamorfik jinslari ishtirok etgan. Otqindi jinslar biotitli granodiorit, granit va lamprofir, aplit daykalari, pegmatitlardan iborat. Choʻkindi metamorfik jinslar marmarlashgan ohaqtosh, slyudali slanetslar va turli tarkibli rogoviklardan tuzilgan. I. v. k.dagi volfram rudasi (sheyelit) yuqori silur davri marmarlarining granodiorit va granitlar bilan tutashgan joylarida hosil boʻlgan. Sheyelit 2—3 sm kattalikdagi kristall va baʼzan yertomirchalar holida uchraydi. Sheyelitdan tashqari konda pirrotin, pirit, xalkopirit, kassiterit, molibdenit va b. minerallar ham bor. Volframli skarnlarning kalinligi 5—10 sm dan 15—20 m gacha, uz. 100—600 m, baʼzan 1,5—2 km gacha, chuq. 800 m. Volfram rudasi massasining 90% qatlamsimon skarnlarda, 10% chasi skarnli tomirlarda va alyaskitlarda, qolgan 1% chasi choʻkindi jinslarining qatlamlari orasida joylashgan. I. v. k.tufayli Ingichka shaharchasi barpo etilgan. [1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil