Qizilolmasoy oltin koni

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Qizilolmasoy oltin koni — Toshkent viloyati Ohangaron tumanidagi kon. Angren shahridan shim.sharqda, Chatqol togʻlarining jan. yon bagʻrida joylashgan. Qizilolmasoy oltin konik. 1959-yilda ochilgan. 1975-yildan foydalanilmoqda. Konning umumiy maydoni 4 km2, uz. 10 km chamasi boʻlgan kuchli minerallashgan (qalinligi 350 m gacha) zonadan iborat. Qamrovchi jinslar andezitdatsit formatsiyadagi vulkanitlarning yupqa (150 m cha) gʻilofidan va zamini slanetslarning ksenolitlari boʻlgan granitoidlardan tashkil topgan. Sanoatbop rudalanish, asosan, 3 ta yirik ruda tanalarida rivojlangan boʻlib, oʻlchamlari yoʻnalish boʻyicha uz. 200 dan 600 m gacha, yotish qiyaligining uz. 1500 m ga yetadi; oʻrtacha qalinligi 15–20 m. Oltinkumushli rudalanish konning vulkanogengidrotermalli turiga mansub boʻlib, koʻp bosqichlarda shakllangan. Qizilolmasoy oltin konik.da 100 dan ortiq mineral va ularning turlari aniqlangan, ulardan 70 tachasi rudali hisoblanadi. Rudali tanalar kvars (rudali tana hajmiga nisbatan 50—85%) va ularning turlari — ametist (safsar), xalsedon hamda kaltsit (15—45%)dan tuzilgan. Seritsit, muskovit, kaolinit, ortoklazlar kamroq. Rudali minerallar, asosan, piritdan, kamroq xalkopirit, galenit, sfalerit hamda rudali tana hajmining 3 — 5 dan 35%gacha tashkil qilgan xira rudalardan iborat. Mineral tarkibiga koʻra, rudalanish oltinkvarsli kam sulfidli formatsiyaga tegishli, kam boʻlsada, bir qancha tugʻma elementlar (Ai, A§, Si, V1, R) va slanetslar mavjud. Rudalanish kvarsli tomirlarda va kvarslangan qamrovchi jinslarda chegaralangan boʻlib, oltinning oʻrtacha miqdori 8,2 g/t, kumushniki 59 g/t ni tashkil qiladi. Rudali tanalar 2 ta shaxta yordamida 615 m gacha chuqurlikda ochilgan. Qizilolmasoy oltin konik.dan hozirgi vaqtda foydalanilmoqda.