Shargʻun koʻmir koni

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Shargʻun koʻmir koni - Surxondaryo viloyatidagi kon. Hisor togʻ tizmasining jan.gʻarbiy tarmogʻida joylashgan. 1941 yilda ochilgan. Shargʻun koʻmir konik. quyi va oʻrta yura davriga mansub koʻmirli yotqiziqlar ichida topilgan. Qora Machitli antiklinalining jan. qanotida. Bu strukturaning oʻzak qismi tokembriy gneys va slanetslari hamda quyi paleozoy qumtoshli slanetslaridan tarkib topgan. Ular ordovik, silur, devon va karbon davrlariga oid terrigen va karbonatli yotqiziqlar bilan qoplangan. Quyi hamda oʻrta yura yotqiziqlari koʻmirga boy. Koʻmir yotqiziqlarining umumiy qalinligi 26 m. Koʻmir qatlami (baʼzi bir joylari uzlukli) Guliob soyidan Obizarang soyigacha — gʻarbdan sharqqa 10 km ga choʻzilgan. Shargʻun koʻmir konik. eng yirik qatlamining qalinligi 12,5 m; qatlamlarning oʻrtacha qalinligi 4,6 m. Koʻmir qatlamining pastki qismi yupqa argillit va alevrolit togʻ jinslaridan tarkib topgan. Foydali qatlamlar tarkibida 5% gacha neft bitumlari boʻlgan turli xil petrografik tipdagi koʻmirdan iborat. Shargʻun koʻmir konik.da koʻmir qatlamining yotish burchagi boʻylab tektonik harakatlar sodir boʻlishi natijasida koʻp miqdorda maydalangan koʻmir uchraydi. Shargʻun koʻmirining yonish quvvati 5690—7302 kkal/kg; oʻz-oʻzidan yonmaydi, hajmi 1,35 t/m3, qattiqlik jihatidan 2sinfga mansub. Kulining oʻrtacha miqdori 16,95% (5,3% dan 23,2% gacha). Oltingugurti kam (oʻrtacha 0,02%)ni tashkil etadi. Shargʻun koʻmiri — toshkoʻmir boʻlsa ham maydaroq va yumshoqroq, yengil tozalanadi, fkada briketlanib, isteʼmolchilarga yuboriladi. Shargʻun koʻmir konik. ning zaxirasi 36 mln. t. Yiliga 50 ming t koʻmir qazib olinadi. Shargʻun koʻmiri karbid olish uchun xom ashyo hisoblanadi.