Kontent qismiga oʻtish

Xondiza polimetall ruda koni

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Xondiza polimetall ruda koni – Surxondaryo viloyatidagi kon. Hisor togʻlarining jan.gʻarbiy qismida, Denov shahridan 90 km narida joylashgan. Vulkanogen jinslardagi kolchedanpolimetall sanoatgenetik tipga mansub. Konda 1968—74 yillarda mufassal razvedka ishlari olib borilgan. Konni T. Sh. Shoyoqubov ochgan. Xondiza polimetall ruda konir. k. vulkanotektonik strukturada joylashgan boʻlib, asosan, andezitdatsitriolit tarkibli quyi karbon togʻ jinslaridan tuzilgan. Intruziv togʻ jinslaridan granitporfir, gabbrogranit, gabbrodiorit, diabazporfir, adamelit va lamprofirlar mavjud. Kondagi eng katga ruda toʻplami vize yarusining zoy (C,t—V,) va vaxshivar (C,v2S) svita yotqiziklarida (konglomerat, qumtosh, alevrolit va riolitli tuflar) joylashgan. Asosiy rudalashuv zonasi bir-biriga yaqin joylashgan, 10– 20 m dan 120–150 m gacha boʻlgan qatlamsimon va linzasimon tanalardan iborat boʻlib, yalpi brekchiyasimon hamda xolxolsimon rudalar majmuasidan iborat. Polimetall rudalar, asosan, galenit, sfalerit, xalkopirit minerallaridan tashkil topgan. Oz miqdorda pirit, kvars, seritsit, dolomit, xlorid ham uchraydi. Rudada asosiy elementlar (Zn, Pb, Si) dan tashqari, sanoat ahamiyatiga ega Ai, Ag, Cd, Se, Fe va boshqa bor. Xondiza polimetall ruda konir.k.da qoʻrgʻoshin – 703,8 ming t (rudadagi tarkibi 2,99%), rux – 1503,8 ming t (6,39%), mis 173,1 ming t (0,85%), kumush – 2333,3 t (114,3%), oltin – 7064 kg (0,35 g/t), selen – 128 t (0,00068%), kadmiy, indiy va boshqalarning zaxiralari aniqlangan. Xondiza polimetall ruda konir.k.ni oʻzlashtirish 2005-yildan qoʻshma korxona tashkil qilish yoʻli bilan amalga oshirish moʻljallangan.