Sarmich oltin koni

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Sarmich oltin koni - Nurota tumanida, Qoratogʻning markaziy qismida joylashgan kon. 1968—73 yillarda konning uchta uchastkasida 15 ruda tanalari oʻrganilib, istiqbolliligi aniqlangan. Ruda tanalari kvarsli tomirsimon, baʼzan diorit va porfirit daykalaridan iborat, uz. 50 m dan 250 m gacha, qalinligi 0,6 m dan 6,0 m gacha. Rudali minerallar pirit, arsenopirit, galenit, kamroq miqdorida pirrotin, xalkopirit, markazit, oltin va kumush telluridlaridan hosil boʻlgan. Atrofdagi jinslar, asosan, kvars, kalsit, albit, xlorit, seritsit kabi minerallardan tarkib topgan. Rudalarda foydalai komponentlarning maʼlum qismi (oltinning 80— 90%, kumushning 50 — 66%) erkin holda boʻlganligi tufayli ularni ajratib olish jarayoni osonlashadi. Sarmich oltin konik.da oltin va kumushdan tashqari kamroq miqdorda qoʻrgʻoshin ham sanoat ahamiyatga ega boʻlgan komponent deb belgilangan. Sarmich oltin konik. 1980 yilgacha qisman qazib olingan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil