Namangan neft koni

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Namangan neft koni - Namangan shahrining shim.-sharqida, Namangan antiklinal burmasida joylashgan. Namangan strukturasi dastlab 1933 yilda oʻrganilgan. Keyingi yillarda oʻtkazilgan tadqiqotlar natijasiga asoslanib chuqur burgʻi qudugʻi qazildi. Paleogen yotqiziqlarining dolomitlashgan ohak-toshlardan tuzilgan turkiston qatlamlaridagi 5-gorizontda neft borligi tasdiqlandi. Umumiy qalinligi 10 m, samarali qalinligi 3–4 m, oʻrtacha gʻovakligi 10%, oʻtkazuvchanligi 30— 100 millidarsigacha. Gorizontning oʻrtacha chuqurligi 3630 m, uz. 5,4 km, eni 3,6 km. Boshlangʻich qatlam bosimi 600 atmosfera, gaz omili 180 m³/t.

Neftning zichligi 0,856 g/sm3. Tarkibidagi oltingugurt 0,30%, koks 3,4%, parafin 5,0%, qatronlar 8% ni tashkil etadi. Qatlam harorati 87°, yengil fraksiyalar chiqishi 100°da 3%, 200° gacha 23% va 300° gacha 41%. Neftdagi yoʻldosh gaz zichligi 0,955 (azot miq-dori 3,0% gacha va metan 63,9%). Katlam suvlarining zichligi 1,060 g/sm3, minerallashganligi 4708 mg/ekv.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil