Zafar gaz kondensati koni

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Zafar gaz kondensati koni - Qashqadaryo viloyatining Gʻuzor tumanida, Qarshi sh.dan 45 km jan.sharkda joylashgan. Zafar strukturasi 1974 y.da seysmik razvedka natijasida aniklangan. 1978 y.da 1parametrik quduq kavlangan (3805 m). Natijada yura yotqiziqlarining samaradorligi maʼlum boʻlgan. 1978—87 y.larda konda 8 ta burgʻi qudugʻi qazilgan,. Quduqlarning 3 tasida gaz uyumi borligi aniqlangan. 3. g . k. k.ning geologik tuzilishida yura, boʻr, paleogen, neogen va antropogen yotkiziklari ishtirok etgan. Tektonik jihatdan Zafar strukturasi Beshkent bukilmasida joylashgan va yura yotqizikdari boʻylab shim.sharq tomonga yoʻnalgan braxiantiklinaldan iborat. Strukturaning uz. 6 km, kengligi 5 km. Zafar konida kavlangan quduqlarda 39 ta obʼyekt sinovdan oʻtdi. Ularning 12 tasida gaz va bittasida gaz bilan neft borligi maʼlum boʻldi. Gazning debiti 67 ming m3/sut dan 575 ming m3/sut gacha. Gazning havoga nisbatan zichligi 0,643, kondensatniki 0,756 g/sm3, undagi metanning miqdori 90—92%, oltingugurt vodorodi 0,05%, azot 1,2%, karbonat angidridi 3—5%. Konda razvedka ishlari nihoyasiga yetgan. 3. g . k. k. ayni paytda oʻzlashtirishga tayyorlangan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil