Kontent qismiga oʻtish

Mustaqillikning 25 yilligi koni

Bu maqolani tinglang
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Mustaqillikning 25 yilligi
„M-25“ koni
Mamlakat Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Hudud Surxondaryo viloyati, Boysun tumani
Operator
Hamkorlar
Kon tarixi
Kashf etilishi 1933-yil
Ishlab chiqarish

Mustaqillikning 25 yilligi yoki Gajak[sharh 1]Surxondaryo viloyatining Boysun tumani hududida joylashgan gaz koni[1][2]. Kon Boysun shahridan 20 km, „Sherobod-Shoʻrtan“ magistral gaz quvuridan 10 km uzoqlikda joylashgan[3][4][5][6]. 2025-yildan boshlab kon oʻz faoliyatini toʻliq ishga tushirishi rejalashtirilgan. Konning gaz zaxiralari 150 milliard kub metrdan ortiqligi taxmin qilinadi[7][8][9][10][11][12]. Ayrim manbalara koʻra, konning gaz zaxiralari 170 milliard kubometrdir[13][14]. 2024-yil 1-sentyabr hamda 17-sentyabr kunlari konning 604-sonli quduqda burgʻilash ishlari olib borilishi jarayonida kelib chiqqan texnologik holatning buzilishi tufayli havoga oltingugurt gazi ajrala boshladi. Buning oqibatida 4 kishi halok boʻlgan va yaqin atrofda yashovchi aholi evakuatsiya qilingan[sharh 2] [15][16][17].

Konning qurilish ishlari 2019-yil dekabr oyida boshlangan[18][19]. Qurilishda Gonkongning „Surhan Gas Chemical Operating Company“, Rossiyaning „Eriell Group“, Amerika Qoʻshma Shtatlarining „Halliburton“, National Oilwell Varco, „Baker Hughes“, „Schlumberger“, Kiprning „Altmax Holding“, Birlashgan Qirollik hamda Niderlandiyaning „Royal Dutch Shell“ kompaniyalari ishtirok etgan[20][21][22][23][24].

1931-yilda oʻzbek olimi N.Toʻrayev Sherobod-Sariqamish doʻngligini xaritaga tushirib, gaz borligini taxmin qilgan[25]. Kon hududida gaz borligi sovet davrida 1933-yili geologik tadqiqotlar natijasida aniqlangan[26]. Tadqiqot ishlari 1938-yilgacha olib borilgan. 1941-yildan quduqlarni burgʻilash ishlari boshlangan hamda nosanoat xarakteridagi neftning dastlabki belgilari topilgan[27]. 1974-yili sinov tariqasida quduqlardan neft bilan birgalikda gaz qazib olinib oʻrganilgan. Neft burgʻilash ishlari yakunlangach, 1975-yilda „Oʻzbekneft“ uyushmasi tomonidan bir muddat burgʻilash ishlari olib borilgan[28]. 1976-yildagi izlanishlarga koʻra, kon hududidagi gaz taxminan 150 million yillar oldin Yura davrida shakllangan[29][30][31]. Shu bilan birgalikda, konning ayrim quduqlaridagi gazlar paleogen davrida shakllangan[32][33][34]. Kondagi gaz miqdorlari „Petronas“ kompaniyasi tomonidan oʻlchangan. Jumladan, 1991-yilda 42,6 milliard kubometr, 2008-yilda 61 milliard kubometr miqdorida gaz zaxiralari aniqlangan[35]. Bundan keyingi davrlarda gaz zaxiralari miqdori boʻyicha boshqa kompaniyalar izlanishlar olib borgan. Geografik obyektlar nomlarining davlat reyestri maʼlumotlariga koʻra, 2015-yil 10-dekabrda „GEU:216047“ raqami bilan „Gajak“ nomi ostida davlat roʻyxatidan oʻtgan[36]. 2017-yilda konning №1-О sonli qudugʻida baholash burgʻulash ishlari olib borilgan[37]. Kon nomi 2017-yilda „Gajak“ nomidan „Mustaqillikning 25 yilligi“ nomiga oʻzgartirilgan. Kon joylashgan investitsion blok „Boysun“ nomidan „Oʻzbekiston mustaqilligi“ nomiga oʻzgargan[38].

Kon qurilishi 2 bosqichda amalga oshirilib, 1-bosqich, konni oʻzlashtirish, yiliga 5 milliard kubometr gazni qayta ishlash quvvatiga ega boʻlgan gazni qayta ishlash zavodini qurish kabi jarayonlarni oʻz ichiga oladi. 2-bosqichda esa, gaz-kimyo majmuasini barpo etish rejalashtirilgan[39][40][41][42][43][44][45][46]. Gaz-kimyo majmuasini qurish boʻyicha rossiyalik mutaxassislarning oʻrganish ishlari yakuniga koʻra, „Oʻzbekistonda majmuani qurish Rossiyada qurishga nisbatan arzonroq tushadi“ deya xulosaga kelishgan[47][48]. Kon qurilish ishlarining umumiy qiymati 5,27 milliard AQSh dollarini tashkil etadi[49].

2005-yil oktyabr oyidagi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning Malayziyaga davlat tashrifi chogʻida „Oʻzbekneftgaz“ milliy xolding kompaniyasi va „Petronas“ korporatsiyasi oʻrtasida hamkorlik toʻgʻrisidagi memorandum va neft-gaz resurslarini birgalikda oʻzlashtirish toʻgʻrisidagi bitimni imzolagan[50]. Bitimga muvofiq, 2006-yilda „Petronas“ kompaniyasi 3D seysmik qidiruv ishlari hamda quduqni sinovdan oʻtkazish maqsadida „Oʻzbekneftgaz“ kompaniyasi bilan hamkorlik shartnomasi tuzadi[51]. Kompaniya bu ishlar uchun 102 million dollar miqdorida mablagʻ ajratgan. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 5-may kunidagi „Petronas korporatsiyasi bilan geologiya-qidiruv ishlari, konlarni qazib chiqarish va obod qilish hamda neft-gaz kimyoni rivojlantirish sohasida hamkorlikni yanada davom ettirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida“gi PQ-854-sonli qarori qabul qilingan[52]. Kompaniyaning geologiya-qidiruv ishlari 20 million AQSh dollariga baholangan[53]. Kompaniya qidiruv ishlari muvaffaqiyatli yakunlangach, Oʻzbekiston hukumati bilan mahsulot taqsimoti shartnomasi imzolash rejasi borligini maʼlum qilgan. Biroq, konning geografik jihatdan juda noqulay joylashganligi va kompaniyaning rejalari oʻzgarganligi sabab kompaniya hamkorlik qilishni toʻxtatgan[54][55][56].

2006-yili Saudiya Arabistoniga tegishli boʻlgan „Delta Oil“ kompaniyasi ham kon hududida oʻrganish ishlarini olib boradi. 2011-yil avgust oyida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov „Delta Oil“ kompaniyasi bilan hamkorlik qilish boʻyicha farmonni imzolaydi[57]. Biroq, joylashuvning geologik jihatdan kompaniya talablariga mos emasligi hamda iqtisodiy jihatdan past rentabellik sabab kompaniya 2013-yilda konni tark etgan[58][59][60].

2017-yil 3-may kuni Oʻzbekiston Respublikasi PrezidentiningSurxondaryo viloyatida gaz-kimyo majmuasi qurilishi bilan birga „Mustaqillikning 25 yilligi“ konlarini qayta oʻrganish va ishlab chiqarish hamda „Oʻzbekiston mustaqilligi“ investitsion blokida geologiya-qidiruv ishlarini olib borish toʻgʻrisida“gi qarori qabul qilingan[61].

Kondagi „Enter Engineering“ kompaniyasining binosi

2019-yil dekabr oyida „Surhan Gas Chemical Operating Company“ kompaniyasi umumiy miqdori 2,9 milliard dollar boʻlgan loyihalash ishlarini boshlagan. Burgʻulash ishlarini esa, „Eriell“ kompaniyasi olib bormoqda. 2021-yilda „Gazprombank“ loyiha uchun 900 million dollar miqdorda mablagʻ ajratgan[62]. Bu boʻyicha VEB.RF korporatsiyasi boshqaruv kengashi aʼzosi Danil Algulyan, „Gazprombank“ boshqaruvi raisi oʻrinbosari Aleksey Belous va „Surhan Gas Chemical Operating Company“ bosh direktori Andrey Ignatov qoʻshma shartnoma imzolagan[63][64][65][66][67][68][69][70].

2019-yil 17-iyundagi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining „Mahsulot taqsimoti toʻgʻrisidagi bitimlarni amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida“gi 503-sonli qaroriga asosan, konning dastlabki qidiruv va konni qazish ishlarini olib borish „Oʻzbekiston mustaqilligi“ investitsiya blokiga oʻtkazish toʻgʻrisidagi bitim ijro uchun qabul qilingan[71].

„Surhan Gas Chemical Operating Company“ kompaniyasi direktori Andrey Ignatovning maʼlum qilishicha, qurilish ishlari COVID-19 pandemiyasi davrida ham davom etgan[72].

2021-yilda pudratchi – „Eriell Group“ kompaniyasi chuqurligi 616 metrgacha boʻlgan 3 ta quduqni ishga tushirdi. 2022-yilda esa, chuqurligi 18035 metr boʻlgan quduq burgʻilangan[73].

2023-yil 16-noyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Surxondaryo viloyatiga qilgan tashrifi davomida ushbu konga tashrif buyurib, qurilish jarayonlari bilan tanishgan[74][75][76][77][78][79]. 2023-yil noyabr oyi holatiga koʻra, kondagi 20 ta quduqda burgʻilash ishlari tugallangan. Shundan 11 ta gaz qudugʻi muvaffaqiyatli sinovdan oʻtgan. Qurilish ishlarida 7 ming nafardan ortiq ishchilar jalb etilgan.

„Oʻzlitineftgaz“ning maʼlumotlariga koʻra, 2038-yilga kelib konda nominal quvvati 6,0 MVtga teng boʻlgan kuchaytiruvchi kompressor stansiyasi ishga tushiriladi[80].

T/R Kompaniya nomi Mamlakati Hamkorlik muddati Vazifasi
1 Petronas  Malayziya 2006-2008 2D va 3D seysmik qidiruv ishlari[81][82][83][84]
2 Delta Oil  Saudiya Arabistoni 2006-2013 Geologik oʻrganish ishlari[85]
3 Surhan Gas Chemical Operating Company  Xitoy 2019-hozirgacha Operator[86][87]
4 Eriell Group  Rossiya 2018–hozirgacha Burgʻilash ishlari, bosh pudratchi[88]
5 Royal Dutch Shell  Birlashgan Qirollik 2021–hozirgacha Gaz va oltingugurtni qayta ishlash qurilmalarini oʻrnatish[89][90]
6 Halliburton  AQSh 2018–hozirgacha Gaz qatlamlarini baholash, 3D seysmik qidiruv[91][92][93][94][95]
7 Baker Hughes  AQSh 2018–hozirgacha Gaz quvurlarini oʻrnatish, 3D seysmik qidiruv[96][97][98][99][100]
8 National Oilwell Varco  AQSh 2021-hozirgacha Integratsiyalashgan tizimlarni boshqarish[101][102][103][104]
9 Schlumberger  AQSh 2018–hozirgacha Geologiya-qidiruv ishlari, 3D seysmik qidiruv[105][106]
10 Oʻzbekneftgaz  Oʻzbekiston 2017–hozirgacha Kon faoliyatini muvofiqlashtirish[107]
11 China National Petroleum Corporation  Xitoy 2019 3D seysmik qidiruv ishlari[108]
12 Enter Engineering  Oʻzbekiston 2017-hozirgacha Infratuzilma obyektlarini qurish, gazni qayta ishlash zavodini barpo etish, uskunalarni hamkor kompaniyalarga yetkazib berish, pudratchi[109]
Qurilishda xorij kompaniyalarining ulushi
Davlat foizi (soni)
 AQSh
  
40% (4 ta)
 Birlashgan Qirollik
  
10% (1 ta)
 Malayziya
  
10% (1 ta)
 Rossiya
  
10% (1 ta)
 Xitoy
  
20% (2 ta)
Mamlakatlar alifbo tartibida.

Kon Oʻzbekistondagi eng yirik gaz zaxirasiga ega gaz konlardan biri hisoblanadi. Kon murakkab geologik joylashuvda joylashgan. Dengiz sathidan 1000 metr balandlikda joylashgan. Hisob-kitob natijalariga koʻra, konning boshlangʻich zaxiralari 108,6 milliard kub metrni tashkil etgan. 2025-yil kon toʻliq ishga tushgach, 30 yil davomida uzluksiz bir maromda gaz qazib olinishi aytilgan[110][111]. Hisob-kitoblarga koʻra, 2076-yilgacha gaz qazib olish rejalashtirilgan[112]. Konda sutkalik gaz oqimi 300 ming kub metrni tashkil etadi[113]. Gaz-kimyo majmuasi ishga tushganidan soʻng, diametri 800 millimetr boʻlgan 9

kilometrdan ortiq gaz quvuri orqali Shoʻrtan-Sherobod magistral gaz tarmogʻiga ulanishi rejalashtirilgan[114]. DeGolyer va MacNaughton xalqaro kompaniyasi tomonidan konda aniqlangan gazda nordon komponentlar mavjudligi, konning yuqori joylashuvi oʻzlashtirish uchun noqulayligi taʼkidlangan[115]. 2024-yil sentyabr oyi holatiga koʻra, kon hududida muvaffaqiyatli sinovdan oʻtkazilgan quduqlarda 81,2 milliard kub metr gaz mavjudligi aniqlangan. Konda aniqlangan gazdagi vodorod sulfid miqdori oʻta yuqori, yaʼni 6,15% ni tashkil etgan[116].

Konning panorama surati

Bu koʻrsatgich, Oʻzbekistonning boshqa gaz konlarida, jumladan, „Muborak“ gaz konida 3,8%, „Shoʻrtan“ gaz konida 0,07%, „Gazli“ gaz konida 0,07% ni tashkil etgan boʻlsa, „Ustyurt“ gaz konidagi gaz tarkibida vodorod sulfid aniqlanmagan. Shuningdek, kondagi gaz tarkibida karbonat angidrid gazi ham ancha yuqori, 4,61% ni tashkil qiladi. Bu koʻrsatgich, Oʻzbekistonning boshqa gaz konlarida, jumladan, „Muborak“ gaz konida 4,61%, „Shoʻrtan“ gaz konida 2,9%, „Gazli“ gaz konida 3,1% ni tashkil etgan boʻlsa, „Ustyurt“ gaz konida 1,31% ni tashkil qilgan. Gazning anomal yuqori qatlam bosimi 65 MPa[117]. Kon qurilishining 1-bosqichida har yili 2 milliard kubometr, 2-bosqichida esa 4 milliard kubometr gaz qazib olinib, qayta ishlanadi[118][119][120].

Kompaniya Mamlakat Ulushi Manba
Altmax Holding  Kipr 75% [121][122][123]
„Oʻzbekneftgaz“ Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston 20% [124][125]
„Gas Project Development Central Asia“   Shveysariya 5% [126][127]

Mahsulot taqsimoti bitimlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Malayziya va Oʻzbekiston

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2010-yil iyun oyida Malayziyaning „Petronas“ hamda „Oʻzbekneftgaz“ milliy kompaniyalari oʻrtasida „Boysun“ investitsion bloki boʻyicha mahsulot taqsimoti bitimi imzolangan[128][129][130]. Bitimga muvofiq, Oʻzbekistonda „Petronas Carigali (Baisun) Operating Company“ kompaniyasi davlat roʻyxatidan oʻtdi. Bitim 35 yil muddat uchun tuzilgan boʻlib, „Petronas“ „Gajak“ konida quduqlarni baholash, shartnoma imzolangandan 6 oy muddat ichida hamkor kompaniyalar bilan bitimlar tuzish, investorlarni jalb qilish, 2D va 3D seysmik qidiruv ishlarni amalga oshirish, 660 million AQSh dollari miqdorida investitsiya kiritish kabi majburiyatlarni olgan. Bitimga koʻra, har ikkala kompaniya, kondan tushadigan daromadlarni teng 2 ga boʻlgan holda taqsimlaydi. Yillik gaz qazib olish miqdori 700 million kubometr miqdorida belgilangan. 6 oy muddat ichida konsorsiumga Rossiyaning Lukoyl Overseas Holding Ltd, Koreya milliy neft korporatsiyasi (KNOC) va Xitoyning China National Petroleum Corporation kompaniyalari kelib qoʻshilgan. Shuningdek, bitimda gazni qayta ishlash zavodini qurish rejasi mavjud boʻlgan. Zavod orqali 3,5 milliard kub metr miqdorda gaz qayta ishlanib, 672 ming tonna dizel yoqilgʻisi, 278 ming tonna aviakerosin ishlab chiqarilishi rejalashtirilgan. Biroq, 2013-yilda „Petronas“ mahsulot taqsimoti bitimini bekor qilgan. Shu bilan birgalikda, „Boysun“ investitsion bloki bilan mahsulot taqsimoti bitimini tuzishdan birmuncha vaqt oldin Oʻzbekistonning gʻarbidagi „Ustyurt“ investitsion bloki bilan ham mahsulot taqsimoti bitimini tuzgan edi. „Boysun“ investitsion bloki bilan hamkorlikni tugatgach, „Ustyurt“ investitsion bloki bilan ham bitimni bekor qilgan[131].

Rossiya va Oʻzbekiston

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2017-yil 5-aprel kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan Rossiya bilan „Oʻzbekiston mustaqilligi“ investitsion bloki boʻyicha mahsulot taqsimoti bitimi imzolangan[132][133][134]. Bitim 2017-yil 5-oktyabr kunidan e'tiboran, kuchga kirgan[135]. Bitimga koʻra, kon hududida gazni qayta ishlash zavodi quriladi[136]. Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vaziri Joʻrabek Mirzamahmudovning maʼlum qilishicha, imzolangan mahsulotlarni taqsimlash bitimiga muvofiq, kon orqali tushadigan daromadning 50 foiz qismi davlat byudjetiga, qolgan 50 foiz qismi esa investorlarga yoʻnaltiriladi. Bu tartib 2017-yildan boshlab, 35 yil davomida yaʼni 2052-yilgacha amal qiladi. Investorlar sifatida Shveysariyaning „Gas Project Development Central Asia“, Kiprning „Altmax Holding“ hamda Oʻzbekistonning „Oʻzbekneftgaz“ kompaniyalari koʻrsatilgan[137][138][139][140][141][142]. Bu xabarni loyiha quruvchi tashkilotlaridan biri „Altmax Holding“ ham tasdiqlagan[143][144]. Kiritilgan investitsiya investorlar oladigan daromad bilan mutanosib boʻlgan paytda, davlat 80% miqdorda oʻz ulushini oladi[145][146][147].

Kon joylashgan hududning iqlimi keskin kontinental boʻlib, Qish sovuq va nam, yozi esa, quruq va issiq. Yillik oʻrtacha harorat 21,1°C ni tashkil etadi.

Kon iqlimi
Koʻrsatkich Yan Fev Mart Apr May Iyun Iyul Avg Sen Okt Noy Dek
Oʻrtacha harorat, °C 8,9 11,9 12,5 28,2 26,1 41 42 38,3 30,6 27,5 22,4 14,2
Oʻrtacha minimal, °C −3,9 5,4 8,1 9,9 14 23,2 26,4 23,6 15 11,5 8,2 4,3
Mutlaq minimal, °C −18 −2 4 2 12 17 21 18 11 6 4 3,1
Manba: AccuWeather[148]

Moddiy-texnik bazasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Kondan gaz qazib olish salmogʻi (yillar kesimida)[149]

Loyihaga barcha investorlar va kompaniyalar tomonidan 1-bosqichda 2 milliard AQSh dollari miqdorda investitsiya kiritilgan[150]. 2-bosqichda esa, 3 milliard AQSh dollari miqdorida sarmoya kiritiladi[151]. Konda Buyuk Britaniyaning „Shell“ kompaniyasining litsenziyasiga ega oltingugurtni qayta ishlash, chiqindi gazlarni tozalash, chiqindi suvlarni kimyoviy oksidlash qurilmalari mavjud. Shuningdek, azot ishlab chiqarish, texnik suv taʼminoti, sovuq suv, issiqlik, oqova suvlarni toʻplash va tozalash, elektr energiyasini ishlab chiqarish va taqsimlash, gazni boshqarish, texnologik video kuzatuv tizimlari mavjud. Barcha tizimlar va qurilmalar markaziy boshqaruv xonasidan boshqariladi. Konning markaziy laboratoriyasi ham mavjud[152]. „Enter Engineering“ kompaniyasi kon hududida 250 oʻringa moʻljallangan navbatchilik qismi, 106 nafar ishchilar oilasi uchun turar-joylar qurib bermoqda[153].

Kon hududida 2038-yil ishga tushirilishi rejalashtirilgan, kompressor stansiyasida polipropilen hamda polietilen ishlab chiqariladi. Ishlab chiqariladigan polietilenning 75 foiz qismi eksportga, 25 foiz qismi ichki bozorga yoʻnaltiriladi. Shuningdek, polipropilenning 85 foiz qismi eksportga, 15 foiz qismi ichki bozorga taqsimlanadi[154].

Konda oʻtkazilgan tadqiqotlar
T/R Tadqiqot oʻtkazgan muassasa(lar) Tadqiqotchi(lar) Ilmiy ish nomi Jarayon
1
Irkutsk milliy tadqiqot texnik universiteti


Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti


Andrey Vahromev
Aziz Boboyev
Nodir Namozov
Shaxboz Xushvaqtov
„Geoecological monitoring of the “Mustaqillikning 25 уilligi” gas field“ (oʻzbekcha: „Mustaqillikning 25 yilligi“ gaz konininng geoekologik monitoringi) Geoekologik monitoring
2 Mustaqil
Irina Muravyeva
Galina Bebeshko
Ionometric determination of chlorine and fluorine in oil and gas-bearing wastewater (oʻzbekcha: Neft va gaz konlaridagi suvlarda xlor va ftorni ionometrik usul bilan aniqlash) Suv tarkibini oʻrganish
3 Tomsk politexnika universiteti Artyom Boyev Problemi geologii i osnovoyeniya nedr (oʻzbekcha: Geologiya muammolari va yer ostini oʻrganish) Gazning xromotografik tahlili

Irkutsk milliy tadqiqot texnik universiteti hamda Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti olimlarining qoʻshma ilmiy geoekologik tadqiqotlariga qaraganda, kon hududidagi tuproqning shoʻrlanish darajasi 0,890% ga toʻgʻri kelgan. Kon hududida hamda yondosh joylarda oʻsimliklarning 97 turi aniqlangan. Shuningdek, kon atrofida „Qizil kitob“ga kiritilgan Markaziy Osiyo toshbaqasi (Testudo horsfieldi), Turkiston agamasi (Aralaudakia lehmanni), dasht agamasi (Trapelus sanguinolentus), kalxat (Neophron percnopterus), Oq boshli qumoy (Gyps fulvus), buzzard yirtqichi (Buteo rufinus) kabi jonzotlar hayot kechiradi[155][156][157].

2022-yili rus ilmiy tadqiqotchilari I.Muravyeva hamda G.Bebeshko boshchiligida oʻtkazilgan tadqiqot natijalariga koʻra, kon hududidagi yer osti suvlari oʻrganilganda suv 31,7 g/dm³ miqdorda tuz borligi aniqlangan hamda suv shoʻr ekanligi yuzasidan xulosa chiqarilgan. Shuningdek, suv tarkibida kaliy, natriy va oltingugurt elementlari konsentratsiyalari yuqoriligi, biroq, kalsiy va magniy elementlari boshqa mineral suvlarga qaraganda kamroq ekanligi, ftor elementi esa mavjud emasligi aniqlangan[158][159].

Tomsk politexnika universiteti tomonidan 2023-yili kondagi 1-0 hamda 11-sonli quduqlardan gaz namunalari olinib, gazning xromotgrafik tahlili o'tkazilgan. Shu bilan birgalikda, 0,5 litr hajmdagi metall idishlarda 1V-P va 4V-P quduqlaridan ham gaz namunalari olingan. Natijalar kondagi gaz metanga tarkib jihatidan juda yaqinligini ko'rsatgan. 1V-P qudug'idan olingan gaz tarkibida oltingugurt, karbonat angidrid va azot kam ekanligi aniqlangan[160].

Texnogen holat

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2024-yil 1-sentyabr kuni soat 15:17 da konning „Koʻlqamish“ MFY hududida joylashgan 604-sonli quduqda burgʻilash ishlari olib borilayotgan paytda texnologik jarayonning buzilishi oqibatida vodorod sulfid gazi chiqish holati boshlangan. Tez orada, bu hududga yaqin yashovchi aholi xavfsiz hududga evakuatsiya qilingan. Oʻzbek ommaviy axborot vositalarida 2-sentyabrga oʻtar kechasi, aholi uy-joylarini tark etayotgani aks etgan lavhalar tarqalgan[161][162][163][164][165].

2024-yil 17-sentyabr kuni soat 16:00 larda yana 604-sonli quduqning yon tarafidan yuqori bosimli vodorod sulfid gazi sizib chiqish holati qayd etilganligi maʼlum qilindi. Voqea natijasida 4 kishi vafot etgan, 11 kishi jarohatlangan[166][167][168].

  1. Kon ilk izlanishlar amalga oshirilganidan boshlab, 2017-yilgacha shu nomda atalgan
  2. 4 nafar kishining halok boʻlishi, 17-sentyabr kuni yuz bergan voqeada sodir boʻlgan


  1. „OBYEKT MA'LUMOTNOMASI“. geonames.kadastr.uz.
  2. Pier Paolo Raimondi. Central Asia Oil and Gas Industry - The External Powers’ Energy Interests in Kazakhstan, Turkmenistan and Uzbekistan, Milan, Italiya, 2019 — 63-bet. 
  3. „Технология проекта «Проведение геологоразведочных работ на инвестиционном блоке «Узбекистан Мустакиллиги» с доразведкой и разработкой месторождения «Мустакилликнинг 25 йиллиги» со строительством газохимического комплекса в Сурхандарьинской области Республики Узбекистан»“. https://www.sgc-oc.com/.+Qaraldi: 24-oktabr 2024-yil.
  4. „Prospects of oil and gas bearing capacity of middle lower Jurassic terrigenous sediments of the Baysun troughProspects of oil and gas bearing capacity of middle lower Jurassic terrigenous sediments of the Baysun trough“. Google Scholar. Qaraldi: 1-noyabr 2024-yil.
  5. „Россия выделит $900 млн на разработку крупнейшего газового месторождения в Узбекистане“. http://mirperemen.net/.
  6. „Prospects of oil and gas bearing capacity of middle lower Jurassic terrigenous sediments of the Baysun trough“. https://pubs.aip.org/.
  7. „VEB.RF to Provide Financing for Exports for Uzbekistan’s Major Gas Field“. https://xn--90ab5f.xn--p1ai/.
  8. „Major agreements on key oil and gas projects of Uzbekistan were“. https://old.gratanet.com/.+Qaraldi: 1-noyabr 2024-yil.
  9. „В Узбекистане произошла утечка сероводорода на газовом месторождении ИА Красная Весна Читайте материал целиком по ссылке: https://rossaprimavera.ru/news/ca9e9624“. https://rossaprimavera.ru/.
  10. „Для газового месторождения «Мустакилликнинг 25 йиллиги» в Сурхандарье ВЭБ.РФ и Газпромбанк выделят кредитные средства в размере 900 млн долларов.“. Congress of Central Asia.
  11. „Texnogen ofat ro‘y bergan M25 koni. Bu loyiha haqida nimalar ma’lum?“. Kun.uz.
  12. „В Узбекистане произошла авария на месторождении газа“. TASS.ru.
  13. „Глава Минэнерго Узбекистана и представители Eriell рассказали о причинах аварии под Байсуном“. ia-centr.ru.
  14. „Two blowouts at same well kill four people in Uzbekistan“. https://www.upstreamonline.com/.
  15. „М-25 конидан яна водород сульфид сизиб чиқди. 4 киши ҳалок бўлгани маълум, жароҳатланганлар бор“.
  16. „На юге Узбекистана планируется построить новый ГПЗ“. https://www.nefterynok.info/.
  17. „Fatal gas leak at Uzbekistan’s Mustakillik-25 field kills four workers“. https://www.healthandsafetyinternational.com/.
  18. „Surxondaryoda yirik gaz-kimyo majmuasi qurilmoqda“. President.uz.
  19. „Группа проектов "Месторождение газовое "Мустакилликнинг 25 йиллиги", Узбекистан"“. https://investprojects.info/.
  20. „Texnogen ofat ro‘y bergan M25 koni. Bu loyiha haqida nimalar ma’lum?“. Kun.uz.
  21. „Top 28 Natural Gas Processing Plant Installation Companies“. https://www.inven.ai/.
  22. „Hydrogen sulfide leak occurs in Surkhandarya well“. TashkentTimes.uz.
  23. „Экономика 04/12/2017 Brighttree Holding LTD получила долю в газовом проекте в Узбекистане“. UzDaily.uz.
  24. „В Узбекистане произошла авария на месторождении газа Об этом сообщает "Рамблер". Далее: https://news.rambler.ru/incidents/53436085/?utm_content=news_media&utm_medium=read_more&utm_source=copylink“. News.rambler.ru.
  25. F.Jo'rayev. СУРХАНДАРЁ МЕГАСИНКЛИНАЛИНИНГ НЕФТГАЗЛИЛИГИНИ ГЕОЛОГИК ЎРГАНИЛГАНЛИГИ. Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti, 01.12.2023. 
  26. „https://gov.uz/oz/minenergy/news/view/22006“. Gov.uz.
  27. Геотектоника. Moskva: Академия наук СССР, 1979 — 129-bet. 
  28. „“The terms of the agreement on the 25 Years of Independence field are unique” - an operator from Hong Kong“. Aykan.uz.
  29. ИННОВАЦИОННАЯ ДЕЯТЕЛЬНОСТЬ В НАУКЕ И ОБРАЗОВАНИИ ‑ КЛЮЧЕВОЙ ФАКТОР РАЗВИТИЯ НЕФТЕГАЗОВОЙ ОТРАСЛИ. Филиала Российского государственного университета нефти и газа (НИУ) имени И.М.Губкина в городе Ташкенте, 03.11.2022. 
  30. „Surhan Gas Chemical Operating Company: 5 лет уникального опыта освоения месторождения «М-25»“. sgc-oc.com.
  31. „Energetika vazirligi: Mamlakatdagi eng boy konni rivojlantirishning 5 yillik yangi bosqichi“. Minenergy.uz.
  32. Жураев М.Р.. УТОЧНЕНИЕ ГИДРОДИНАМИЧЕСКИХ И ГЕОТЕРМИЧЕСКИХ ФАКТОРОВ ПРИ ФОРМИРОВАНИИ СЕРОВОДОРОДНОЙ ВОДЫ В АРТЕЗИАНСКИХ БАССЕЙНАХ РЕСПУБЛИКИ УЗБЕКИСТАН. Институт гидрогеологии и инженерной геологии Государственного комитета по геологии и минеральным ресурсам Республики Узбекистан — 6-bet. 
  33. „Перспективы нефтегазоносности Сурхандарьинского синклинория“. http://geolib.ru/.
  34. Жураев, М. Р.. „Уточнение гидродинамических и геотермических факторов при формировании сероводородной воды в артезианских бассейнах Республики Узбекистан“.
  35. Мелихов В.Н.. РЕСУРСНЫЙ ПОТЕНЦИАЛ И ПЕРСПЕКТИВЫ РАЗВЕДКИ ТРАНСГРАНИЧНЫХ НЕФТЕГАЗОНОСНЫХ БАССЕЙНОВ ЮГО-ВОСТОЧНОГО ТУРКМЕНИСТАНА, ЮЖНЫХ РЕГИОНОВ УЗБЕКИСТАНА И ТАДЖИКИСТАНА, СЕВЕРНОГО АФГАНИСТАНА И СЕВЕРО-ВОСТОЧНОГО ИРАНА. Sankt-Peterburg, Rossiya: Федеральное государственное унитарное предприятие «Всероссийский научноисследовательский геологический институт имени А.П.Карпинского» — 10-bet. 
  36. „OBYEKT MA'LUMOTNOMASI“. geonames.kadastr.uz.
  37. „Чего удалось достигнуть в разработке месторождения «Мустакилликнинг 25 йиллиги» за пять лет“. Nuz.uz. Qaraldi: 29-oktabr 2024-yil.
  38. „Новости. Обзор СМИ Рубрикатор поиска + личные списки“. Polpred.com.
  39. B.A. Begalov. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING IJTIMOIY-IQTISODIY HOLATI. Toshkent sh: O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT STATISTIKA QO‘MITASI, 2022 — 133-bet. 
  40. Sh. Shodmonov. "IQTISODIYOT NAZARIYASI" darslik. Toshkent: TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT UNIVERSITETI, 2020 — 476-bet. 
  41. „About the project“. sgc-oc.com.
  42. „Нефтегазовый сектор Узбекистана: интересы России и Китая“. CyberLeninka.ru.
  43. „Оценочная скважина на месторождении 25 лет Независимости в Узбекистане пробурена более чем на 2/3“. neftegaz.ru.
  44. „Uzbekistan to develop ‘25 Years of Independence’ field“. longdowneic.com.
  45. „LIST of investment projects with FDIs by sectors in Uzbekistan (2019)“. https://ticaret.gov.tr/ (2019).
  46. „Uzbekistan to develop ‘25 Years of Independence’ field“. https://www.longdowneic.com/ (30/11/17).
  47. „Транспортнику дали газу“. Kommersant.ru.
  48. „Российский миллиардер купил долю крупнейшего газового проекта в Узбекистане“. Podrobno.uz.
  49. „Бойсун туманида янги газ-кимё мажмуаси барпо этилади“. President.uz.
  50. „Petronas пришел на Сурхан“. https://www.rzd-partner.ru/ (2008-yil 29-iyul).
  51. „О ПРОВЕДЕНИИ ГЕОЛОГОРАЗВЕДОЧНЫХ РАБОТ НА БАЙСУНСКОМ ИНВЕСТИЦИОННОМ БЛОКЕ СУРХАНДАРЬИНСКОГО РЕГИОНА РЕСПУБЛИКИ УЗБЕКИСТАН С РАЗРАБОТКОЙ МЕСТОРОЖДЕНИЙ УГЛЕВОДОРОДОВ НА УСЛОВИЯХ СОГЛАШЕНИЯ О РАЗДЕЛЕ ПРОДУКЦИИ С КОМПАНИЕЙ "PETRONAS CARIGALI OVERSEAS SDN, BHD." (МАЛАЙЗИЯ)“. Norma.uz.
  52. „«PETRONAS» (МАЛАЙЗИЯ) КОРПОРАЦИЯСИ БИЛАН ГЕОЛОГИЯ ҚИДИРУВ ИШЛАРИ, КОНЛАРНИ ҚАЗИБ ЧИҚАРИШ ВА ОБОД ҚИЛИШ ҲАМДА НЕФТГАЗКИМЁНИ РИВОЖЛАНТИРИШ СОҲАСИДА ҲАМКОРЛИКНИ ЯНАДА ДАВОМ ЭТТИРИШ ЧОРА-ТАДБИРЛАРИ ТЎҒРИСИДА“. Lex.uz (2008-yil 2-may).
  53. „"Узбекнефтегаз" и малайзийская Petronas подписали пакет документов по СРП в отношении месторождений газа“. regnum.ru (2008-yil 18-noyabr).
  54. „“Mustaqillikning 25 yilligi” konida nega yana texnogen hodisa yuz bergani sababi ochiqlandi“. Daryo.uz.
  55. Совершенствование системы управления в нефтегазовом секторе, Toshkent, 2013 — 42-bet. 
  56. „На Гаджаке получен приток газа“. Gazeta.uz.
  57. „Ислам Каримов одобрил участие саудовской компании в освоении Байсунского блока“. Uzinform.com (2011-yil 16-avgust).
  58. „Аравийская Delta Oil вошла в СРП с участием малазийской Petronas в Узбекистане“. OilGasField.ru.
  59. „«O‘zbekiston barcha neft va gaz konlariga tegishli eksklyuziv huquqni Rossiyaga bergani haqidagi ma'lumotlar yolg‘on», — energetika vaziri“. uzbekistonmet.uz.
  60. „Компании Малайзии и Саудовской Аравии до 2015 года построят в Узбекистане ГПЗ стоимостью $500 млн.“. Regnum.ru.
  61. „О проведении геологоразведочных работ на инвестиционном блоке «Узбекистон мустакиллиги» с доразведкой и разработкой месторождения «Мустакилликнинг 25 йиллиги» со строительством газохимического комплекса в Сурхандарьинской области Республики Узбекистан“. Lex.uz.
  62. „Texnogen ofat ro‘y bergan M25 koni. Bu loyiha haqida nimalar ma’lum?“. Kun.uz.
  63. „Россия поможет Узбекистану в разработке крупнейшего газового месторождения в республике“. UzNews.uz.
  64. „ВЭБ и ГПБ определили условия выделения $900 млн на разработку месторождения в Узбекистане“. TASS.ru.
  65. „Enter Engineering: Состоялось подписание крупных соглашений по ключевым проектам в нефтегазовой отрасли Узбекистана“. Kun.uz.
  66. „Газпромбанк примет участие в реализации крупнейшего газового проекта Узбекистана“. tek-all.ru.
  67. „A Russian investment company will assist Uzbekistan in development of the largest gas field“. https://brightuzbekistan.uz/.
  68. „Russia invests US$ 900 million in gas field development project in Uzbekistan“. http://central-asia.media/.
  69. „VEB.RF to Provide Financing for Exports for Uzbekistan’s Major Gas Field“. https://xn--90ab5f.xn--p1ai/.
  70. „"ВЭБ.РФ" и "Газпромбанк" выделят $900 млн на газовый проект в Узбекистане“. smotrim.ru.
  71. „Mahsulot taqsimoti to‘g‘risidagi bitimlarni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida“. Lex.uz.
  72. „Назван срок запуска ГПЗ на месторождении "25 лет независимости" в Узбекистане“. SPUTNIK Uzbekistan.
  73. „ERIELL Group ishlab chiqarish faoliyatining 2022 yil yakunlarini sarhisob qildi“. eriell.com.
  74. „Сурхондарёда йирик газ-кимё мажмуаси қурилмоқда“. President.uz.
  75. „Shavkat Mirziyoyev Boysunda "Mustaqillikning 25 yilligi" gaz-kimyo majmuasi qurilishi bilan tanishdi“. Uzreport.news.
  76. „“Mustaqillikning 25 yilligi” gaz-kimyo majmuasi qurilishi“. https://uzenergoinspeksiya.uz/.
  77. „Shavkat Mirziyoyev Boysunda yirik gaz-kimyo majmuasi qurilishi bilan tanishdi“. Kun.uz.
  78. „В Сурхандарье строится крупный газохимический комплекс“. uzeng.uz.
  79. „Шавкат Мирзиёев ознакомился с ходом строительства газохимического комплекса «25 лет Независимости»“. UPL.uz.
  80. „ПТЭО «ДОРАЗВЕДКА И РАЗРАБОТКА МЕСТОРОЖДЕНИЯ «МУСТАҚИЛЛИКНИНГ 25 ЙИЛЛИГИ»“. O'zlitineftgaz.
  81. „Компания Petronas подписала СРП по разработке месторождения "Гаджак"“. RosInvest (2010-yil 17-oktyabr).
  82. „Petronas to Build Uzbek Plant“. Energy Intellegence.
  83. „Surhan Gas Chemical comments on investigation about energy system of Uzbekistan“. Kun.uz.
  84. „РЕЕСТР ЗАКОНОДАТЕЛЬНО-ПРАВОВОЙ БАЗЫ В СФЕРЕ РАЗВИТИЯ ОТРАСЛЕЙ ТОПЛИВНО-ЭНЕРГЕТИЧЕСКОГО КОМПЛЕКСА“. UNECE. Qaraldi: 11-noyabr 2024-yil.
  85. „«O‘zbekiston barcha neft va gaz konlariga tegishli eksklyuziv huquqni Rossiyaga bergani haqidagi ma'lumotlar yolg‘on», — energetika vaziri“. uzbekistonmet.uz.
  86. „O‘zbekiston Respublikasi Surxondaryo viloyatida gaz-kimyo kompleksini qurish, “Mustaqillikning 25 yilligi” konida dastlabki qidiruv va uni ishlatish bilan birga “O‘zbekiston mustaqilligi” investitsiya blokiga nisbatan mahsulot taqsimotiga oid bitimni amalga oshirish doirasida O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali olib o‘tiladigan tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvi tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida“. Lex.uz.
  87. „SURHAN GAS CHEMICAL OPERATING COMPANY“. https://www.sgc-oc.com/.
  88. „ERIELL Group: results of work in Uzbekistan for the first half of 2021 summed up“. Eriell Group.
  89. „Surhan Gas Selects Sulfinol for Major Project“. https://www.shell.com.cn/.
  90. „Shavkat Mirziyoyev inspects progress of 25th Anniversary of Independence Gas-Chemical Complex project“. TashkentTimes.uz.
  91. „New gas chemical complex to emerge in Boisun“. President.uz.
  92. „Oil & gas field profile: 25 Years of Independence Conventional Gas Field, Uzbekistan“. https://www.offshore-technology.com/.
  93. „Halliburton“. GlobalData.
  94. „Russian infrastructure investor Filatov joins $2bn Uzbek gas field project“. https://www.intellinews.com/.
  95. „Appraisal well construction launched at Uzbek largest gas field“. azernews.az.
  96. „New gas chemical complex to emerge in Boisun“. President.uz.
  97. „Oil & gas field profile: 25 Years of Independence Conventional Gas Field, Uzbekistan“. https://www.offshore-technology.com/.
  98. „Baker Hughes“. GlobalData.
  99. „Russian infrastructure investor Filatov joins $2bn Uzbek gas field project“. https://www.intellinews.com/.
  100. „Appraisal well construction launched at Uzbek largest gas field“. azernews.az.
  101. „Oil & gas field profile: 25 Years of Independence Conventional Gas Field, Uzbekistan“. https://www.offshore-technology.com/.
  102. „NOV“. GlobalData.
  103. „Russian infrastructure investor Filatov joins $2bn Uzbek gas field project“. https://www.intellinews.com/.
  104. „Appraisal well construction launched at Uzbek largest gas field“. azernews.az.
  105. „New gas chemical complex to emerge in Boisun“. President.uz.
  106. „Russian infrastructure investor Filatov joins $2bn Uzbek gas field project“. https://www.intellinews.com/.
  107. „«Gazprom» va «O‘zbekneftgaz» mahsulot taqsimotiga oid bitim tuzadi“. Kun.uz.
  108. „BOYSUNDA YANGI GAZ KONI TOPILDI“. "Xalq" demokratik partiyasi rasmiy sayti (2019-yil 1-avgust).
  109. „Texnogen ofat ro‘y bergan M25 koni. Bu loyiha haqida nimalar ma’lum?“. Kun.uz. Qaraldi: 24-oktabr 2024-yil.
  110. „“Mustaqillikning 25 yilligi” gaz-kimyo majmuasi qurilishi“. Uzagroinspeksiya.uz.
  111. „Uzbekistan to launch $2.9 bln gas chemical complex in May 2024“. https://interfax.com/.
  112. „Oil & gas field profile: 25 Years of Independence Conventional Gas Field, Uzbekistan“. https://www.offshore-technology.com/.
  113. „На крупнейшем месторождении Узбекистана обнаружили новые запасы газа“. RBC.ru.
  114. Sarvar TOʻRAYEV. "Yangi O'zbekiston" ijtimoiy-siyosiy gazetasi. Toshkent sh.: “Yangi Oʻzbekiston” va “Правда Востока” gazetalari tahririyati” DМ, 16.05.2024 — 2-bet. 
  115. „Surhan Gas Chemical comments on investigation about energy system of Uzbekistan“. Kun.uz.
  116. „Сравнительная оценка возможных направлений поисков нефти и газа (плеев) в межгорных впадинах Тянь-Шаня“. http://www.dslib.net/.
  117. „“Mustaqillikning 25 yilligi” konida yuz bergan texnogen hodisa yuzasidan brifing bo‘lib o‘tdi“. Gov.uz.
  118. „Andrey Filatov Makes His Debut in Uzbekistan“. RuChess.ru.
  119. „Российский инвестор купил долю крупнейшего газового проекта в Узбекистане“. https://evrazia-ural.ru/.
  120. „Узбекистан запустит крупный ГХК за $2,9 млрд весной 2024 года“. Globuc.com.
  121. „O‘zbekiston Respublikasi Surxondaryo viloyatida gaz-kimyo kompleksini qurish, “Mustaqillikning 25 yilligi” konida dastlabki qidiruv va uni ishlatish bilan birga “O‘zbekiston mustaqilligi” investitsiya blokiga nisbatan mahsulot taqsimotiga oid bitimni amalga oshirish doirasida O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali olib o‘tiladigan tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvi tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida“. Lex.uz.
  122. „Мэра Нью-Йорка подозревают в получении незаконных иностранных пожертвований для предвыборной кампании. В деле фигурирует Узбекистан“. Podrobno.uz.
  123. „Первая очередь газохимического комплекса "25 лет Независимости" будет запущена в мае 2024 года“. Podrobno.uz.
  124. „Texnogen ofat ro‘y bergan M25 koni. Bu loyiha haqida nimalar ma’lum?“. Kun.uz.
  125. „Российский миллиардер Филатов купил половину крупнейшего газового проекта Узбекистана - "25 лет независимости"“. centrasia.org.
  126. „Appraisal well construction launched at Uzbek largest gas field“. azernews.az.
  127. „Central Asia Oil and Gas Industry - The External Powers’ Energy Interests in Kazakhstan, Turkmenistan and Uzbekistan“. https://www.jstor.org/.
  128. „Узбекистан и "PETRONAS" подписали соглашение о разделе продукции“. Uzreport.news (2010-yil 11-iyun).
  129. „В Узбекистане вступило в силу СРП по Байсунскому блоку“. trend.az (2010-yil 17-sentyabr).
  130. „Petronas подписала соглашение по разработке месторождения "Гаджак" в Узбекистане“. https://centralasia.media/.+Qaraldi: 11-noyabr 2024-yil.
  131. „Malaysian Petronas implements two gas processing projects in Uzbekistan“. Oilgas.uz.
  132. „Surhan Gas Chemical Operating Company: 5 лет уникального опыта освоения месторождения «М-25»“. https://www.sgc-oc.com/.
  133. „Узбекнефтегаз в 2023 г. планирует увеличить добычу газа на 2%, но добыча нефти значительно сократится“. НАЦИОНАЛЬНАЯ АССОЦИАЦИЯ НЕФТЕГАЗОВОГО СЕРВИСА (2023-yil 21-fevral).
  134. „New Gas Chemical Complex to be built in Baysun“. https://www.uzbekembassy.in/.+Qaraldi: 1-noyabr 2024-yil.
  135. Постановление Кабинета Министров Республики Узбекистан. „О мерах по ускорению реализации инвестиционного проекта «Доразведка и разработка месторождения «Мустакилликнинг 25 йиллиги» со строительством газохимического комплекса в Сурхандарьинской области Республики Узбекистан на условиях Соглашения о разделе продукции»“. Lex.uz (2018-yil 10-mart). Qaraldi: 11-noyabr 2024-yil.
  136. „28 октября 2020г. в рамках реализации проекта строительства газоперерабатывающего завода на месторождении «Мустакилликнинг 25 йиллиги»“. https://www.sgc-oc.com/ (2020-yil 30-oktyabr).
  137. Постановление Кабинета Министров Республики Узбекистан. „О мерах по реализации Соглашения о разделе продукции в отношении инвестиционного блока «Узбекистон мустакиллиги» с доразведкой и разработкой месторождения «Мустакилликнинг 25 йиллиги» со строительством газохимического комплекса в Сурхандарьинской области Республики Узбекистан“. Lex.uz (2017-yil 1-iyun). Qaraldi: 11-noyabr 2024-yil.
  138. „O‘zbekiston barcha neft va gaz konlarini Rossiyaga bermagan — energetika vaziri“. Gazeta.uz.
  139. „"Barcha konlar Rossiyaga berilgani haqidagi ma’lumot noto‘g‘ri. Energetika vaziri hujjatlarni bizga bittama-bitta ko‘rsatdi" — Kamoliddin Rabbimov“. Daryo.uz.
  140. „В Узбекистане опровергли информацию о передаче газовых месторождений России Подробнее: https://eadaily.com/ru/news/2023/02/14/v-uzbekistane-oprovergli-informaciyu-o-peredache-gazovyh-mestorozhdeniy-rossii“. EurasiaDaily.
  141. „«O‘zbekiston barcha neft va gaz konlariga tegishli eksklyuziv huquqni Rossiyaga bergani haqidagi ma'lumotlar yolg‘on», — energetika vaziri“. "O`zbekiston milliy elektr tarmoqlari" aksiyadorlik jamiyati.
  142. „Узбекнефтегаз в 2023 г. планирует увеличить добычу газа на 2%, но добыча нефти значительно сократится“. https://nangs.org/.
  143. „Altmax Holding: права на ведение нефтегазовых операций компании указаны исключительно в рамках контрактных площадей месторождения «М25»“. Kun.uz.
  144. „Узбекистан не передавал все нефтегазовые месторождения России — министр энергетики“. Gazeta.uz.
  145. „Экономика 15/02/2023 «Условия соглашения по месторождению «25 лет Независимости» являются уникальными» — компания-оператор из Гонконга“. UzDaily.uz.
  146. „“The terms of the agreement on the 25 Years of Independence field are unique” - an operator from Hong Kong“. Aykan.uz.
  147. „Surhan Gas Chemical comments on investigation about energy system of Uzbekistan“. Kun.uz.
  148. „Baysun, Surkhandarya“. AccuWeather.com.
  149. „Oil & gas field profile: 25 Years of Independence Conventional Gas Field, Uzbekistan“. https://www.offshore-technology.com/.+Qaraldi: 28-oktabr 2024-yil.
  150. „Uzbekistan to develop ‘25 Years of Independence’ field“. Oil/Gas journal.
  151. „Транспортнику дали газу“. Kommersant.ru.
  152. „Обустройство месторождения М-25 и строительство Бойсунского ГПЗ“. UzLIti Engineering.
  153. „Активная фаза строительства Бойсунского ГПЗ“. Ent-en.com.
  154. „ПТЭО «ДОРАЗВЕДКА И РАЗРАБОТКА МЕСТОРОЖДЕНИЯ «МУСТАҚИЛЛИКНИНГ 25 ЙИЛЛИГИ»“. O'zlitineftgaz.
  155. „Geoecological monitoring of the “Mustaqillikning 25 уilligi” gas field“. ResearchGate.
  156. „Geoecological monitoring of the “Mustaqillikning 25 уilligi” gas field“. e3s-conferences.org.
  157. „Geoecological monitoring of the "Mustaqillikning 25 yilligi" gas field“. Harvard edu. https://ui.adsabs.harvard.edu/.+Qaraldi: 1-noyabr 2024-yil.
  158. „Ионометрическое определение хлора и фтора в нефтегазоносных сточных водах“. https://www.zldm.ru/.
  159. „Ionometric determination of chlorine and fluorine in oil and gas-bearing wastewater“. https://ouci.dntb.gov.ua/.
  160. Проблемы геологии и освоения недр.. Томский политехнический университет — 183-bet. ISBN 978-5-4387-1155-1. 
  161. „В Узбекистане произошла утечка сероводорода на газовом месторождении ИА Красная Весна Читайте материал целиком по ссылке: https://rossaprimavera.ru/news/ca9e9624“. https://rossaprimavera.ru/.
  162. „“Mustaqillikning 25 yilligi” konida sodir bo‘lgan hodisa to‘g‘risida ma’lumot berildi“. Anhor.uz.
  163. „Texnogen ofat ro‘y bergan M25 koni. Bu loyiha haqida nimalar ma’lum?“. Kun.uz.
  164. „“Mustaqillikning 25-yilligi” konida sodir bo‘lgan favqulodda hodisa haqida nimalar ma’lum?“. Ozsputniknews.uz.
  165. „“Mustaqillikning 25 yilligi” konida nega yana texnogen hodisa yuz bergani sababi ochiqlandi“. Daryo.uz.
  166. „Расман: М-25 конидаги аварияда 4 киши ҳалок бўлди“. Gazeta.uz.
  167. „М-25 конидан яна водород сульфид сизиб чиқди. 4 киши ҳалок бўлгани маълум, жароҳатланганлар бор“. Gazeta.uz.
  168. „В Узбекистане произошла авария на месторождении газа“. angi.ru.

Ilmiy adabiyotlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Академия наук СССР. Геотектоника. RSFSR: Moskva, 1979 — 136-bet. 
  • Sh.Shodmonov. Iqtisodiyot nazariyasi. Toshkent: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, 2020 — 788-bet. 
  • Юрия Александровича Косыгина. Тектоника, глубинное строиние и минерагения Востока Азии, Xabarovsk, 2019 — 371-bet. 
  • Oʻzbekiston Respublikasi statistika qoʻmitasi. Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy holati. Toshkent: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, 2022 — 459-bet. 
  • Проблемы геологии и освоения недр. Tomsk: Томский политехнический университет, 2023 — 263-bet. 
  • Природные газы Средней Азии, Toshkent, 1976 — 232-bet. 
  • Пак С.А. Подсчет запасов углеводородов и сопутствующих компонентов на месторождении Гаджак в Республике Узбекистан. — 2004.
  • Жураев Фазлиддин. Сурхандарё мегасинклиналининг нефтгазлилигини геофизик ўрганилганлиги // Қарши муҳандислик-иқтисодиёт институти. — 2023.
  • Мелихов В.Н. Ресурсный потенциал и перспективы разведки трансграничных нефтегазоносных бассейнов юго-восточного туркменистана, южных регионов узбекистана и таджикистана, северного афганистана и северо-восточного ирана // Федеральное государственное унитарное предприятие «Всероссийский научноисследовательский геологический институт имени А.П.Карпинского. — 2013.
  • Жураев М.Р. Уточнение гидродинамических и геотермических факторов при формировании сероводородной воды в артезианских бассейнах республики Узбекистан // Институт гидрогеологии и инженерной геологии Государственного комитета по геологии и минеральным ресурсам Республики Узбекистан. — 2020.
  • Хаирова Д.Р. Инновационная деятельность в науке и образовании ‑ ключевой фактор развития нефтегазовой отрасли // Филиал Российский государственный университет нефти и газа имени И.М. Губкина. — 2022.
  • S.Toʻrayev. Togʻ-kon sanoati Surxondaryoning drayveriga aylanadi // „Yangi Oʻzbekiston“ gazetasi. — 2022.
  • Andrey Gelievich Vakhromeev. Geoecological monitoring of the “Mustaqillikning 25 уilligi” gas field // E3S Web of Conferences. — 2023.
  • И. В. Муравьева. Ионометрическое определение хлора и фтора в нефтегазоносных сточных водах. — 2022.
  • Арслонхонов К.А. Повышение Эффективности Перспектив Нефтегазоносности месторождения «Мустакилликнинг 25 йиллиги» (гаджак) Сурхандарьинского Региона // Институт геологии и разведки нефтяных и газовых месторождений. — 2021.
  • Кучеря Михаил Сергеевич. Сравнительная оценка возможных направлений поисков нефти и газа (плеев) в межгорных впадинах Тянь-Шаня // Москва. — 2010.
  • КHussein Moghaddam. The Future of Natural Gas Demand in Eurasia // Energy Economics and Forecasting Department. — 2019.
  • I.Kh.Kholismatov. Prospects of oil and gas bearing capacity of middle lower Jurassic terrigenous sediments of the Baysun trough // Tashkent state technichal university. — 2022.
  • Ю.Б. Силантьев, А.Н. Скоробогатько, А.М. Силич. Геолого-экономические особенности освоения ресурсов углеводородов межгорных впадин Центрально-Азиатского региона // Газпром ВНИИГАЗ. — 2010.
Ushbu maqolani tinglang (22 daqiqa)
noicon
Spoken Wikipedia icon
Bu audiofayl ushbu maqolaning 23-oktyabr, 2024-yil(2024-10-23) sanasidagi versiyasi asosida yaratilgan boʻlib, shu sanadan keyin amalga oshirilgan tahrirlarni aks ettirmaydi.