Uzunshoʻr neft-gazkondensat koni

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Uzunshoʻr neft-gazkondensat koni — Buxoro viloyati Qorakoʻl tumanidagi kon, Buxoro shahridan 95 km jan.da, 1969 yilda ochilgan. Konning gʻarbiy qismi Turkmanistonning Lebap viloyati Forob tumani hududida. Kondan 80 km shim.sharqda Buxoro—Ural magistral, gaz quvuri oʻttan. Kon relyefi barxan qumlari va shoʻrxok tekislikdan iborat, 150– 190 m balandlikda joylashgan. Uzunshoʻr strukturasi Chorjoʻy tektonik pogʻonasining markaziy qismidagi Dengizkoʻl zanjirsimon koʻtarilmasi shim.gʻarbiy qismida joylashgan. Struktura shim.sharq yoʻnalishida choʻzilgan, 2tamustaqilkubbagaega. Shim.sharqiy qubba yirikroq, simmetrik tuzilgan. 2qubbada neft uyumi mavjud. Uzunshoʻr neft-gazkondensat konig .k. da jami 8 quduq qazilgan boʻlib, paleozoy, yura, boʻr, paleogen, neogentoʻrtlamchi davr jinslari ochilgan. Yura davri yotqiziqlari neftgazga mahsuldor boʻlib, ular terrigen, karbonat va tuzangidrit qatlamlaridan tarkib topgan. Bu yotqiziqlarda mahsuldor gorizontlar mavjud. Gazkondensat uyumi burmaning asosiy garbiy qubbasi bilan bogʻliq. Baʼzi gorizontlarda gazlar quruq, azotuglevodorod sinfiga mansub. Kondensant kam oltingugurtli. 15—16gorizontda ham neft, ham gaz uchraydi. 15gorizont qatlam suvlari sedimentatsion, metamorflashgan, xloridkaltsiy tarkibli namakoblardan iborat. Kon 2003 y. boshida sanoat miqyosida foydalanishga tayyorlangan.