Hoji gaz-kondensat koni

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Hoji gaz-kondensat koni - Buxoro viloyati Qorakoʻl tumanidagi kon. Gazli shahridan 50 km janubida 1969-yil topilgan va ishga tushirilgan. Kon Chorjoʻy tektonik pogʻonasidagi Chorjoʻy koʻtarilmasining shimoliy qismida joylashgan, gʻarbiy qismida 4 ta kichik qubbasimon struktura mavjud. H.g .k.k.da paleozoy erasi, yura, boʻr, paleogen, neogen va toʻrtlamchi davr jinslarida jami 14 ta burgʻi qudugʻi qazilgan. Sanoat miqyosidagi gazlilik yuqori yura davrining kar-bonat jinslaridagi gorizontlarda aniqlangan.

15—1gorizontning oʻrta qismida mahsuldor qat joylashgan boʻlib, 2151–2177 m chuqurlikda ochilgan, karbopat, gil va angidritlardan tarkib topgan. Gaz uyumining oʻlchami 8x6,3 km, balandligi 30 m. 15—2gorizont 2175—2203 chuqurlikda ochilgan, kar-bonat yotqiziqlarining quyi qismida joylashgan. Gaz uyumining oʻlchami 7x6 km, balandligi 26 m.

Gaz uyumlari tipi qatlamli, gumbazli. Ikkala gorizontdagi gazlarning kimyoviy tarkibi bir-biriga oʻxshash. Gaz zichligi 0,630 g/sm\ quruq, oʻrtacha kondensatli, yuqori oltingugurtli, kam azotli. Kondensat ogʻir (0,82 g/sm’), oltingugurtli, kam azotli. Hozirgi kunda kon sanoat miqyosida foydalanishga tayyorlangan.