Kontent qismiga oʻtish

Oltintogʻ pegmatit koni

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Oltintogʻ pegmatit koni - Janubiy Boʻkantovda, Uchquduq shahridan 28 km shimoli-sharkda joylashgan. Pegmatit tomirlari tokembriy kremniyli slanetslari va Oltintogʻ intruziyasi granitlari endokontakt zonasida joylashgan. Ularning tarqalgan maydoni 80– 85 km² ni tashkil etadi. Kon qalinligi 2,0—2,5 m li 117 ta pegmatit tanasidan iborat. Pegmatit tomirlarida dala shpatining miqdori oʻrtacha 70—75%, kvars 25%. Muskovit va granat minerallari mavjud. Kon razvedka qilingan va kazib olishga tayyorlangan.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil