Umid neft-gaz-kondensat koni

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Umid neft-gaz-kondensat koni — Qashqadaryo viloyati Kasbi tumanidagi kon, Qarshi shahridan 125 km gʻarbda. 1976 yilda ochilgan, 1989 yildan foydalanishga topshirilgan. Kon maydonining bal. 250–303 m. Umid neft-gaz-kondensat konig .k.k. Chorjoʻy tektonik pogʻonasining jan.sharqiy qismida, Dengizkoʻl koʻtarilmasining Kushob egilmasi bilan tutashgan joyida joylashgan. Konning geologik tuzilishida tuz usti, tuz osti va rif osti struktura qavatlari ajratiladi. Jami 18 ta quduq qazilgan, mezozoy va kaynozoy erasi yotqiziqlari ochilgan. Yura davri yotqiziklari mahsuldor boʻlib terrigen, karbonat va tuzangidrit jinslaridan tarkib topgan. Tuzangidritli qatlam regional qopqoq vazifasini oʻtaydi. Sanoat miqyosidagi neft va gaz yuqori yura davrining ohaktoshli gorizontlarida (2503–2629 m chuqurlikda) uchraydi. 15R gorizontidagi jinslar tuzilishiga koʻra rif va rif oraligʻi zonalariga boʻlinadi. Rif zonasi, asosan, rif genezisli gʻovakli ohaktoshlardan tuzilgan. Geologik kesim (gorizontning umumiy qalinligi 168 m) 80—100% kollektordan iborat. Gaz uyumi massiv koʻrinishda boʻlib, unda neft hoshiyasi mavjud. Gaz uyumining uz. 8 km, eni 3,6 km, bal. 110–125 m. Neft uyumining uz. 8,4 km, eni 3,9 km, bal. 10–12 m. Kondagi gaz quruq, metanli, kam oltingugurtli. Tarkibida metan, propan, izobutan, moʻʼtadil butan, izopentan, karbonat angidrid gazi, vodorod sulfid, azot va geliy mavjud. Kondagi neft ogʻir, kam oltingugurtli, yuqori smolali, parafinli, kam benzinli, asfaltenlar miqdori kam. Kondensatlar zichligi 0,78 g/sm3, yuqori oltingugurtli kam parafinli. Asfalten va smola uchramaydi. Faqat benzin fraksiyasidan iborat. Yuqori yura davrining karbonatli mahsuldor jinslaridagi qatlam suvlari xlorkaltsiyli tipga mansub boʻlib, minerallashganligi 91 — 106 g/l. Kimyoviy tarkibi: xlor, sulfat, gidrokarbonatdan iborat. Mikrokomponentlardan: yod, brom, ammoniy boʻlib, suvdan yod, brom hamda nodir elementlar (litiy, rubidiy, stronsiy)ni sanoat miqyosida ajratib olish mumkin. Kondan hozirgi kunda foydalanilmoqda.