Pachkamar gaz-kondensat koni

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Pachkamar gaz-kondensat koni — Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumanidagi kon. Dehqonobod va Gʻuzor shaharlari oraligʻida joylashgan. Kon may-doni oʻrtacha balandlikdagi togʻ relyefidan iborat boʻlib, balandligi 700–800 m. Pachkamar strukturasi 1952 yilda 1:25000 masshtabdagi strukturaviy-geologik sʼyomka natijasida aniklangan va 1973 yilda dastlabki parametrik quduq qazilgan. 1974 yilda quduq sinab koʻrilganda yuqori yura davrining karbonatli yotqiziqarida sanoat ahamiyatidagi gaz uyumi borligi maʼlum boʻldi. 1973 yildan 1978 yilgacha 6 burgʻi qudugʻi qazilgan. Qudukdarning oʻrtacha chuq. 1919–2210 m. 6 qudukdan faqat bittasi — parametrik quduq (chuq. 2210 m) gazlilik chega-rasi ichida, qolgan 5 tasi gazlilik che-garasidan tashqarida joylashgan. Konning geologik tuzilishida yura, boʻr, paleogen, neogen va toʻrtlamchi davr yot-qiziklari ishtirok etadi.

Tektonik jihatdan Pachkamar strukturasi Qaroillangar antiklinalining jan.-sharqiy qanotida, u ham oʻz navbatida Boysun megaantiklinalining shim.-gʻarbiy chekkasida joylashgan. Pachkamar burmasi shim.-sharqiy yoʻnalishda choʻzilgan braxiantiklinaldan iborat, uning oʻlchami — 1300 m chuqurlikdagi berk izogips chizigʻi boʻylab 6,5x2,2 km, balandligi 200 m. Shim.-gʻarbiy kanotning yotish burchagi 18— 20°, jan.-sharqiysi 20—25°, periklinallariniki 3—10°. Burmaning shim.-gʻarbiy qanoti yoriq bilan buzilib mu-rakkablashgan.

Sanoat ahamiyatiga molik gaz yuqori yura davri karbonat jinslarining 16-, 15a-, 15- gorizontlari bilan bogʻliq. Gaz, asosan, murakkab (15-gorizont) va gʻovakdarzli (16a va 16- gorizontlar) kollektorlarda uchraydi. Gaz sarfi (kondensat bilan birga) sutkada: 16-go-rizontda 494,8 ming m3, 15a da —344,4 ming m3, 15- da —531,1 ming m3. Kondagi gaz zichligi 0,692—0,696 g/sm3. Gaz tarkibida hajmiga nisbatan, % da: metan 80,0; etan 7,72; propan 4,3; moʻʼta-dil butan 11,04; izobutan 0,84; moʻʼtadil pentan 0,27; izopentan 0,41; vodorod sulfid va karbonat angidrid gazi yigʻindisi 0,3; azot 2,86. Gazdagi mikrokomponentlar miqdori, mg/l: yod 1,3—2,03 dan 5,28—6,49 gacha; brom 16,5—49,0 dan 69,08—85,02 gacha; bor oksidi 5,3—21,9 dan 52,6—122,6 gacha. Hozirgi kunda kon sanoat mikyosida foy-dalanishga tayyorlangan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil