Suzma gazkondensat koni

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Suzma gazkondensat koni (Sharqiy)— Buxoro viloyati Qorakoʻl tumanida joylashgan. 1987-yilda ochilgan. Gazli shahridan 85 km janubi gʻarbda, Chorjuy tektonik pog'onasidagi Qorakoʻl egilmasining shim.gʻarbiy qismida, sharqiy suzma strukturasi bilan bogʻliq. Paleozoy, yura, boʻr, paleogen, neogen va toʻrtlamchi davr yotqiziklarida 6 ta quduq qazilgan. Yura yotqiziqlari mahsuldor 3 qatlamga boʻlinadi: terrigen (oʻrta yura— quyi kellovey), karbonat (oʻrta kellovey — Oksford) va tuzli angidrit (kimerij—titon). Qatlamlar, asosan, qumtosh, alevrolit, argillit va gildan tarkib topgan. Kesimda kollektorlarning umumiy qalinligi 14–35 m, gʻovakliligi 4—16,5%. Sanoat miqyosidagi gazlar yura davrining karbonat va terrigen yotqiziqdarida mavjud. 16 gorizontda gaz debiti 15 ming m³/sut. Uyum oʻlchami 4,2x1,7 km. 15 gorizontdagi gaz debiti 340 ming m³/sut. Uyum oʻlchami 4,5x1,8 km. Barcha gorizontlardagi gazlar yengil (S2N6Q yuqori q6,46%). Komponentlar (%da): metan 89,81, etan 3,89, propan 1,67, izobutan 0,16, nbutan 0,31. Kam oltingugurtli (0,3%), benzin fraksiyasining miqdori 82%. Yura davrining terrigen yotqiziqlardagi qatlam suvlarining minerallashganligi oʻrtacha 206 g/l. Suvlar yuqori metamorflashgan boʻlib dengiz genezisiga ega. Kon sanoat miqyosida foydalanishga tayyorlangan.